Sönggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda haydovchilik guvohnomasini sotiş bilan boğliq firibgarlik holatlari avj olmoqda. Uşbu firibgarlar turli usullar yordamida odamlarning işonçiga kirib, ulardan pul mablağlarini ömarişga ham ulgurişgan.

Kun.uz'ga murojaat qilgan fuqarolardan birining ma’lum qilişiça, u yanvar oyining oxirida Facebook'da tezlaştirilgan tarzda “prava” olib berişni va’da qilgan reklama e’lonini körib qoladi. Ular bilan boğlanadi va maxsus kanalga qöşiladi. Közda tutilgan tölovlarni amalga oşirganidan keyin esa kanal admini u bilan yozişmalarni töxtatadi va ğoyib böladi.

“Boşida özim ham şubhalandim. Ammo kanalga joylaştirilgan videolarni körib, haqiqatan ham 3 kun içida guvohnoma oliş mumkinligiga işondim. Mendan rasm, pasport ma’lumotlari va oq qoğozga qöyilgan imzoimni söraşdi. Ular guvohnoma çiqqanidan keyin tölov qilişimni aytişdi. Bir neça kundan keyin men bilan boğlanişib, “prava” tayyor bölganini aytişdi va yöl harakati xavfsizligi xodimlarining planşetida ma’lumotlarim aks etgan guvohnomaning videosini yuborişdi. Agar 2-3 soat içida tölov qilmasam, guvohnoma bazadan öçib ketişi va qayta olmoqçi bölsam, muammolarga duç kelişim mumkinligi aytib, qörqitişdi. Nima qilişni bilmay, ular söragan 4 mln sömni yuborilgan plastik kartaga ötkazdim. Şundan söng, uy manzilimni söraşdi. Yubordim. Ammo keyin men bilan qayta boğlanişmadi va savollarimga javob berişmadi”, deydi murojaatçi.

Uning qöşimça qilişiça, pulni Bekzod Rajaboliyev nomidagi Humo kartaga ötkazişni söraşgan. Asia Alliance Bank'dan oçilgan bu karta ayni paytda ham işlayapti.

Kun.uz muxbiri holatga aniqlik kiritiş maqsadida “HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASI” deya nomlangan yopiq kanalga qöşilib, joylangan ma’lumotlarni örganib çiqdi. Kanal ötgan yilning noyabr oyida yaratilgan va ayni paytda 8 mingdan ortiq obunaçiga ega.

Firibgarlar joylaştirgan e’londa guvohnoma 3-7 kun içida tayyor bölişi aytiladi. Bunga ular YHXBBdagi aloqalari orqali erişişi mumkinligini iddao qilgan.

Ular potensial “ölja”laridan quyidagi hujjatlarni töplab, yuborişlarini söraşadi.