Miyasiga Neuralink kompaniyasi çipi örnatilgan birinçi bemor allaqaçon tuzalib ketgan va endi kompyuter kursorini fikr kuçi bilan boşqara oladi. Bu haqda kompaniya asosçisi Ilon Mask xabar berdi.
«Özgarişlar yaxşi va bemor nojöya ta’sirlarsiz tuzalib ketganga öxşaydi. Bemor şunçaki fikr kuçi bilan kursorni ekran böylab harakatlantirişi mumkin. Keyingi qadam — kursorni bosiş», deb Mask sözlarini keltirdi The Independent.
Milliarder sözlariga köra, bemor kasallik tufayli oyoq-qöllarini qimirlata olmaydi, ammo Neuralink neyroçipi unga va boşqalarga uşbu kasallikdan tuzaliş imkonini beradi. Kelajakda bu nafaqat elektronikani boşqariş, balki oyoq-qöllar harakatçanligini tiklaş, depressiyaga qarşi kuraşiş, eşitiş qobiliyatini tiklaş va hatto miyani yanada samarali işlaşi imkonini beradi.
Neuralink loyihasi 2016 yilda işga tuşirilgan bölib, 2023 yilda kompaniyaning qiymati 5 milliard dollarga baholangan edi. Ayni vaqtda Mask kompaniyasi insonga çip örnatişda ustuvorlikka da’vo qilmaydi: Synchron startapi 2022 yildayoq odamga miya-kompyuter interfeysini joylaştirgan. U elektron qurilmalarni fikr kuçi bilan boşqariş imkonini beradi.

















