Statistika agentligi 2024 yil yanvar oyi uçun sanoat statistikasini e’lon qildi.
Unga köra, yanvarda tabiiy gaz qazib oliş 3 mlrd 994,6 mln kub metrni taşkil qilib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 317,3 mln kub metrga yoki 7,4 foizga pasaygan. 2023 yilning yanvar oyida 4 mlrd 311,9 mlrd kub metr gaz qazib olingan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga köra, 2021 yilda 53,8 mlrd kub metr gaz qazib olingan bölsa, bu körsatkiç 2022 yilda 51,7 mlrd kubga, 2023 yilda 46,7 mlrd kubga tuşgan.
Umuman, ketma-ket beş yildan beri Özbekistonda gaz qazib oliş körsatkiçi pasayiş tendensiyasini namoyon qilib kelyapti. Rasmiy statistika 2020 yil yanvarida 10 foiz, 2021 yil yanvarida 4,4 foiz, 2022 yil yanvarida 2,4 foiz, 2023 yil yanvarida 7,5 foiz, 2024 yil yanvarida 7,4 foiz tuşişni qayd etgan.

Boşqa energetika manbalari
Raqamlar ötgan oyda kömir işlab çiqariş ham pasayganini körsatyapti. Xususan, 2024 yil yanvar oyida 357,8 ming tonna kömir işlab çiqarilgan bölsa, bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 57 ming tonnaga kamroq.
Neft işlab çiqarişda ham pastlaş kuzatildi: joriy yil yanvarda 60,5 ming tonna neft işlab çiqarilgan bölsa, bu körsatkiç ötgan yili 64,5 ming tonna bölgan. Neft qazib olişda 2023 yil ilk oyida 4,4 foizlik ösiş qayd etilgan bölsa, joriy yil yanvarda 6,3 foizlik pasayiş kuzatildi.
Yoqilği manbalari içida gaz kondensati işlab çiqarişda biroz ösiş qayd etildi – 2,3 foiz. 2024 yil yanvarda 111,7 ming tonna, ötgan yilning mos davrida esa 109,4 ming tonna gaz kondensati işlab çiqarilgan.
Statistika agentligi hisobotida keltirilişiça, işlayotgan sanoat korxonalari soni bir yil içida 25 251 taga kamayib, 68 691 tani taşkil etgan. Bu – oxirgi 5 yildagi eng past körsatkiç. Şunday bölsa-da, sanoat işlab çiqarişning fizik hajmi ötgan yilning yanvariga nisbatan 16,6 ga ösgan (2023 yilning ilk oyi anomal sovuq sababli energetika inqirozi bilan ötgandi).













