Özbekistondagi eng yirik yerosti gaz saqlaş ombori – Gazli inşootining hajmi 2025 yilga qadar 10 mlrd kubga yetkaziladi. Bu – hukumatning “2024 yil I çoragiga möljallangan investitsiya dasturini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida közda tutilgan.

2020-2025 yillarga möljallangan loyiha doirasida quyidagilar rejalaştirilgan:

  • gazni yerosti gaz inşootida saqlaş — 10 mlrd kub metrgaça,
  • tabiiy gaz qazib oliş — 1,1 mlrd kub metrgaça,
  • neft qazib oliş — 114 ming tonnagaça oşiriladi.

Loyihaning umumiy qiymati – 557,4 mln dollar. Xorijiy hamkor va kreditor – “Daxon Noldings Limited”.

Gazli gaz saqlaş inşooti haqida

2017 yilda Gazli omborining gaz işlab çiqariş quvvati 3 mlrd kub metrga teng bölgan. Hukumat öşa vaqtda xorijiy hamkorlari bilan birgalikda ombor quvvatini 10 mlrd kub metrgaça oşirişni rejalaştirayotganini ma’lum qilgandi.

Prezidentning 2018 yil 3 noyabrdagi “Özbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi örtasidagi ikki tomonlama strategik hamkorlik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga binoan, “Öztransgaz” AJ va “Forus” AJ (Rossiya Federatsiyasi) hamkorlikda “Gazli Gas Storage” mas’uliyati çeklangan jamiyat şaklidagi qöşma korxona ta’sis etilgan.

MÇJning 60 foiziga “Forus”, 40 foiziga “Öztransgaz” egalik qiladi.

“Gazli Gas Storage” MÇJ QKning asosiy vazifasi Gazli konining gaz gorizontlari va neft qatlamlarini qöşimça qidiriş va qöşimça işlab çiqiş bilan kompleks ravişda kon majmuasidagi yerosti gaz ombori gaz saqlaş hajmlarini oşiriş hisoblangan.

2022 yil oxirida energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov Kun.uzʼga bergan intervyusida Özbekistonda mavjud 2 ta gaz gaz saqlaş ombori (Andijonning Xöjaobod tumanida va Gazlida)dan kuniga 20 mln kub metr atrofida yozda haydalgan gaz ajratib olinayotganini ma’lum qilgandi.