15 fevral kuni Jizzax viloyatidagi oilaviy boğçada qarovsiz qolgan bola köçaga çiqqanda ariqqa tuşib ketib, vafot etgani yuzasidan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov ma’lum qildi.
Öşa kuni soat 09:00 da Döstlik tumanida joylaşgan oilaviy nodavlat maktabgaça ta’lim taşkiloti tarbiyalanuvçilari nazoratsiz qoldirilişi oqibatida 3 nafar voyaga yetmagan bola maktabgaça ta’lim taşkiloti hovlisidan çiqib ketgan.
Soat 13:00 larda uç yoşli qiz boğçadan taxminan 1 km uzoqlikdagi fermer xöjaligi dala maydonidan oqib ötuvçi ariqdagi suvdan ölik holda topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192–11 (Nodavlat tijorat taşkilotida yoki boşqa nodavlat taşkilotida mansabdor şaxslar tomonidan öz vakolatlarini suiiste’mol qiliş) va 207–moddalari (Mansabga sovuqqonlik bilan qaraş) bilan jinoyat işi qözğatildi va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qolgan ikki bola soğlom, ular oila davrasiga qaytarilgan.
Maktabgaça ta’lim agentligi «Gazeta.uz»ga aniqlik kiritişiça, mazkur boğça faoliyati tugatildi.
















