Özbekiston va Afğoniston çegarasidagi Xayraton stansiyasida «Hayraton – Mozori Şarif» temiryöl liniyasini qayta tiklaş va ta’mirlaş işlari boşlandi.
21 fevral kuni tadbirning tantanali oçiliş marosimi ötkazildi. Unda Afğoniston va «Özbekiston temiryöllari» AJ vakillari iştirok etdi.
Tomonlarning kelişuviga asosan, tiklaş işlari bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi. «Özbekiston temiryöllari» AJ tomonidan birinçi bosqiç uçun 120 nafar işçi xodim safarbar qilinadi.
Birinçi bosqiçda yuk vagonlarini qisqa muddatda «Naibobod» stansiyasiga yetkazib beriş közda tutilgan. Uşbu maqsadda «Hayraton» stansiyasining «B» parkida hamda temiryöl infrastrukturasining 57 km bölgan hududlarida töliq tiklaş işlari parallel ravişda taşkil etiladi.

















