Krossovkalardagi qöşimça teşiklar

Agar siz tepasida qöşimça teşiklari bölgan krossovkalarni körib qolsangiz, ajablanmang. Ular bekorga qilinmagan. Agar krossovkani kiyib iplarini boğlaganingizda noqulaylik his qilsangiz yoki u oyoğingizga yopişib turmasa, öşa qöşimça teşiklardan foydalanasiz. Iplarni ulardan ötkazib, mahkam boğlab qöysangiz, bu oyoq kiyimingizda qulayroq harakatlaniş imkoniyatini beradi.

Jinsilarga kiçik tugmalar

Agar jinsi şimlarga yoki boşqa kiyimlarga qarasangiz çöntaklar atrofida kiçik tugmaçalar örnatilganini köriş mumkin. Bu tugmaçalar şunçaki fason yoki moda uçun qöyilmaydi. Ularning öz vazifasi bor. Gap şundaki jinsi mato asosan paxta tolasidan dağal holda töqiladi va çetlari yoki çok atroflari tez sitilişi mumkin.

Jinsi kiyimlarni tez sitilişdan asraş uçun ularning muhim va tez sitilişi mumkin bölgan çoklari oldiga tugmaçalar örnatiladi. Jinsilarning muhim çoklariga bunday tugmaçalar örnatişni jinsi matosini birinçi işlab çiqargan amerikalik afsonaviy Levi Strauss öylab topgan edi.

Şarbat idişdagi qanotçalar

Agar siz qoğoz idişga qadoqlangan şarbatni sotib olsangiz e’tibor berib qarang, uning tepasi ikki yonida ikkita qanotçaga öxşagan qismi bor.

Şunçaki ular bolalar uçun şunday qilinadi. Ya’ni yoş bolalar idişdan şarbat içayotganda idişni tuşirib yubormasligi yoki uni yiqilib ketişdan asraş uçun öşa qanotçalarni uşlab oladi.

Qulflardagi kiçik teşik

Agar siz osma qulflarga diqqat bilan qarasangiz, ularning qariyb barçasida ost qismida kiçik bir teşik borligini körasiz. Bu teşik ham bejizga qöyilmaydi.

Gap şundaki, bu teşikça orqali oçiqda qolgan osma qulflar içiga kirgan suv çiqib ketadi. Bundan taşqari qulf zanglab qoladigan bölsa, şu teşikçadan unga moy quyib sozlanadi.