O‘zbekiston | 15:01 / 23.02.2024
7609
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Turkmanistonda joylashgan Sultonsanjar to‘g‘oni rekonstruksiyasida qatnashmoqda

News Central Asia axborot agentligi (Turkmaniston) o‘quvchilar e’tiborini O‘zbekiston bilan hamkorlikda tuzilgan suv masalalari bo‘yicha hukumatlararo komissiya ishiga qaratdi.

Foto: Dunyo

"Dunyo" xabariga ko‘ra, portal shu kungacha uchta yig‘ilish bo‘lib o‘tganini eslatib o‘tgan hamda O‘zbekiston elchisi Akmal Qo‘chqorovning 5 fevral kuni bo‘lib o‘tgan brifingdagi so‘zlaridan iqtibos keltirgan: "Ushbu komissiya doirasida iqlim hodisalari bilan bog‘liq omillar suvdan foydalanish holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi uchun o‘zaro hamkorlikning barcha jihatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqdamiz".

Maqolada ta’kidlanishicha, O‘zbekiston bilan birgalikda Turkmaniston hududida joylashgan Sultonsanjar to‘g‘oni rekonstruksiya qilinmoqda. 

"Hozirda ombordan suv oqib ketishini oldini oladigan beton devorni yer ostiga o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Bu suv omborining sig‘imini 1 milliard kub metrga oshirish imkonini beradi. Loyiha suvdan foydalanish bo‘yicha mas’ul vazirliklar hamkorligida amalga oshirilmoqda", — deya diplomatik missiya rahbarining so‘zlaridan iqtibos keltiradi News Central Asia.

Mavzuga oid