Adliya vazirligida matbuot anjumani bölib ötdi. Unda vazirlik 2023 yilda amalga oşirgan işlari töğrisida ma’lumot berildi.
Matbuot anjumanida iştirok etgan Kun.uz muxbiri vazir örinbosari Alişer Karimovga Xorazm viloyati Adliya boşqarmasining sobiq boşliği Oybek Maşaripovning jinoyati vazirlik nufuziga qanday ta’sir qilgani, bu kabi holatlar tizim xodimlari örtasida takrorlanmasligi uçun qanday çoralar körilgani, şuningdek, vazirlik iş böyiça çiqarilgan hukm va jazo çorasini qançalik adolatli böldi deya hisoblaşi haqida savol berdi.
Alişer Karimovga köra, Oybek Maşaripov jinoyatini avvalo adliya tizimi xodimi sifatida emas, şaxs sifatida sodir qilgan.
“Bu holat jamoatçilik tomonidan hozirgi kungaça muhokama qilinyapti. Albatta, bu oqlab bölmaydigan holat, Adliya vazirligining har bir tizimi xodimiga yomon ta’sir qildi, desa ham böladi. Lekin şaxs u. Şaxs esa özining qilmişi uçun özi qonunda belgilangan tartibda javob beradi.
Bunaqa holatlarga yöl qöymaslik va oldini oliş maqsadida Adliya vazirligida odob-axloq kodeksi işlab çiqilgan. Unda tizimdagi barça xodimlarning huquq va majburiyatlari belgilab berilgan. Bu yönaliş böyiça köplab xodimlar bilan iş olib borilyapti.
Vazirlikning nufuzi bitta şaxsning xatti-harakati bilan baholanmaydi. Guruç kurmaksiz bölmaydi. Mana, olib qarasangiz, davlat taşkilotlarida qança holat mavjud.
Juda köp OAV va blogerlar tomonidan adliyaga urğu qaratilyapti. Bu şu tizimda faoliyat yuritayotgan inson sifatida bizga ta’sir qiladi. Lekin masalaning ikkinçi tomoni bor: u adliya xodimi bölgani bilan davlat berib qöygan vakolatdan kelib çiqqan holatda bu jinoyatni sodir qilgani yöq, şaxs sifatida, inson sifatida sodir qildi. Mana şu narsaga e’tibor qaratişimiz kerak. Bu narsani ertaga boşqasi ham qiliş mumkin.
Sudning faoliyatiga heç kim aralaşa olmaydi. Iş apellyatsiya tartibida ham qayta körib çiqildi, Oliy sud tomonidan ham izohlar berildi. Ya’ni öşa paytda amal qilgan qonunçilik doirasida jazo çoralari belgilandi. Undan keyin bu masalalar böyiça qonunçilikka özgartirişlar kiritildi. Bevosita Adliya vazirligining özi öşa qonunning taşabbuskori böldi. Biz özimiz qonun loyihasini işlab çiqqandik, parlament ma’qulladi, kuçga kirdi, javobgarlik çoralari oşirildi. Lekin huquqni qöllaşda bu qilmiş sodir bölgan va aniqlangan paytdagi qonunçilik böyiça jazo tayinlanadi. Sudning qabul qilgan hukmini tahlil qilişga bizning haqqimiz yöq”, deya ta’kidlab ötdi vazir örinbosari.












