Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yirik shaharlarda eski mashinalarning harakati bosqichma-bosqich cheklanadi
Prezident farmoni bilan, 2030 yilgacha yirik shaharlarda kamida “Yevro–5” standartiga muvofiq bo‘lmagan avtomashinalar ekspluatatsiyasi bosqichma-bosqich cheklanishi belgilandi. Yirik shaharlar deganda Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlari nazarda tutilgan.
Ushbu cheklovlarga ostiga “Yevro-5” va undan yuqori standartdagi yoqilg‘ida ishlay olmaydigan eskirgan mashinalar tushadi. Bunga nafaqat sobiq ittifoq davrida ishlab chiqarilgan, jumladan, mustaqillik yillarida o‘zimizda ishlab chiqarilgan “Tiko”, “Matiz”, “Damas”, “Nexia-1”, “Nexia-2” avtomashinalari ham tushishi mumkin.
Shuningdek, Toshkent shahrida yuk tashish uchun mo‘ljallangan, ruxsat etilgan to‘la vazni 10 tonnadan yuqori bo‘lgan N2, N3, O4 toifaga kiruvchi avtotransport vositalarining harakati 2024 yilning 1 martidan boshlab tig‘iz vaqt oraliqlarida taqiqlanadi. Cheklovlar maxsus xizmat, shu jumladan, kommunal xo‘jaligi, obodonlashtirish va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yuk transporti vositalariga tatbiq etilmaydi;
Mavzuga oid
19:22 / 14.06.2026
Ishlab chiqarilganiga 30 yildan oshgan avtomobillar egalari ekologik kompensatsiya to‘lashi mumkin
18:45 / 12.06.2026
Kundalik sayohat uchun eng yaxshi avtomobil nomi e’lon qilindi
17:38 / 09.06.2026
Bir yilda bitta mashinaga sertifikat cheklovi bekor qilindi: bu nimani anglatadi?
21:37 / 05.06.2026