Dehqonobod tumaniga 4 oy hokimlik qilgan Akrom Sulaymonov lavozimidan ozod qilindi
U Qarshi tumaniga hokim qilib o‘tkazilgan Zoir Aliqulov o‘rniga 2023 yil 26 oktabr kuni Dehqonobod tumani hokimi etib tayinlangandi.

Foto: Dehqonobod tumani hokimligi
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani hokimi Akrom Sulaymonov lavozimidan ozod qilingan. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida e’lon qilgan.
“Azizlar, mehnat faoliyatimda navbatdagi o‘zgarishlar sabab Dehqonobod tumanini tark etdim. Qisqa vaqt bo‘lsa-da, menga ishonch bildirib, o‘z yaqini, aka-ukasidek ko‘rgani uchun barcha faxriylarimizga, hamkasblarimga, ayniqsa, samimiyat va mehmondo‘stlik uchun barcha Dehqonobod tumani ahliga chin yurakdan minnatdorlik bildiraman.
Afsusdaman, barchangizdan uzr so‘rayman, hali qilinadigan ishlar juda ko‘p edi, qayerdadir tugallanmagan ishlarimiz qoldi, o‘ylaymanki, yangi hokimimiz bu ishlarni davom ettiradi.
Menga bergan amaliy yordamingiz, qo‘llab-quvvatlaganingiz, umuman, hamma-hammasi uchun yana bir bor rahmat sizlarga. Yaratgan egam barchangizni o‘z panohida asrasin”, deb yozgan u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, bugun, 2024 yil 24 fevral kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tumanga yangi hokim tayinlanishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Akrom Sulaymonov 2023 yil 26 oktyabr kuni Dehqonobod tumaniga hokimi etib tayinlangandi.
Ungacha u Shahrisabz shahar hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qibrayda ichimlik suvi quvuri ustidan ariq tortilmoqda
Jamiyat | 19:20
-
Stiven Uitkoff to‘rtinchi bor Putin bilan uchrashdi
Jahon | 19:10
-
“Chelaklab suv tashib amallab ko‘kartirib olganman” – tog‘ bag‘rida bog‘ yaratgan so‘xlik 93 yoshli Nuriddin ota hikoyasi
Jamiyat | 18:41
-
MRB direktori o‘rinbosarining o‘g‘li Ukrainada halok bo‘lgan. U Rossiya tomonida turib jang qilgan
Jahon | 18:33
Mavzuga oid

09:51 / 05.11.2024
Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosari tezkor tadbirda qo‘lga olindi

18:54 / 24.02.2024
Dehqonobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

12:41 / 27.10.2023
Shahrisabz shahriga yangi hokim tayinlandi

19:54 / 26.10.2023