Rossiyaning Ukrainadagi keng kölamli uruşi boşlanganining ikki yilligi Rossiya federal kanallari e’tiborini jalb qilmadi. Bu haqda 25 fevral, yakşanba kuni «Agenstvo» ma’lum qildi. 

24 fevral oqşomida uruşning ikki yilligi na e’lonlarda, na «Rossiya 1» va «Birinçi kanal» yakuniy körsatuvlari syujyetlarida eslatilmagan. NTV telekanalining kunduzgi xabarlarida ham Ukrainaga hujum ikki yilligi haqida heç narsa aytilmagan.

«Agenstvo» ta’kidlaşiça, uruş ikki yilligi haqidagi yagona eslatma «Vremya» dasturida körsatilgan muallif Mixail Leontevning «Odnako» ruknidagi şarhida keltirilgan. «Ukraina maxsus harbiy operatsiya boşlanganining ikki yilligini unça yangi bölmagan osyotr baliqlari bilan kutib olmoqda», - dedi tarğibotçi Ğarb siyosatçilari Kiyevga taşriflarini şarhlar ekan. 

Sotsiologlar: Aksariyat rossiyaliklar Ukraina bilan muzokaralar tarafdori 

Naşrning qayd etişiça, federal kanallar Rossiya hujumi ikki yilligini yoritişdan boş tortişi Rossiya jamiyatidagi kayfiyat özgarişi va Ukraina bilan muzokaralar boşlanişi tarafdorlari köpayişiga boğliq bölişi mumkin. 

2023 yil noyabr oyida Russian Field mustaqil sotsiologik kompaniyasi Ukrainadagi uruş böyiça sörov natijalarini e’lon qildi. Tadqiqotga köra, rossiyaliklarning Ukraina bilan tinçlik muzokaralari tarafdori bölgan uluşi (48 foiz) uruş boşlanganidan beri birinçi marta jangovar harakatlarni davom ettiriş tarafdorlari uluşidan (39 foiz) oşib ketgan. 

«Levada-Tsentr» tomonidan fevral oyi boşida e’lon qilingan sörov natijalariga köra, dekabr-yanvarda rossiyaliklarning yarmidan köpi (52 foiz) tinçlik muzokaralari boşlanişini qöllab-quvvatlagan.