Ijtimoiy tarmoqlarda metan gaz quyiş şoxobçasida navbat talaşiş ortidan janjal kelib çiqqani, muştlaşuv sodir bölgani va bir fuqaro vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.  

Videotasvirlarda haydovçilar köpçilik bölib bir neça yigitni döpposlaşgani, yakunda jabrlanuvçilardan biri örnidan turolmay qolgani körinadi.

Içki işlar boş boşqarmasi boşliğining matbuot kotibi Bobur Tulyaganov hodisaga izoh berdi. Qayd qilinişiça, holat 26 fevral kuni Yuqori Çirçiq tumani hududida joylaşgan metan gaz quyiş şoxobçasida sodir bölgan. Janjal navbat talaşiş oqibatida yuz bergan, ammo qurbonlar yöq. 

Holat Toşkent viloyati IIBB tomonidan nazoratga olinib, hududiy IIB tomonidan Jinoyat Kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan va hozirda tergov-suruştiruv harakatlari olib borilmoqda.

Özbekistonda havo haroratining pasayişi ortidan qariyb 10 kundan buyon respublika böyiça metan-şoxobçalarda navbatlar kuzatilmoqda.

Avvalroq, Farğona viloyati Danğara tumanida ham metan-şoxobçada janjal yuz bergan, buning ortidan 23 yoşli yigit vafot etgandi.