Germaniya va Fransiya qiruvçi samolyotlari Boltiq dengizi ustidagi havo hududida Rossiyaning Il-20 razvedka samolyotini kuzatib bordi. 27 fevral, seşanba kuni Germaniya harbiy-havo kuçlarining X ijtimoiy tarmoğida xabar qilinganidek, Eurofighter nemis qiruvçilari Meklenburg-Şarqiy Pomeraniya federal yeridagi Laagedagi bazadan Helsinki şarqida Rossiyaning «parvoz rejasisiz» harakatlangan Il-20M razvedka samolyoti payqab qolinganidan söng trevoga böyiça havoga kötarildi. 

Xabarda ta’kidlanganidek, bu 26 fevral kuni sodir bölgan va vizual aloqa örnatilgaç, operatsiya «heç qanday hodisasiz tugagan». 

Keyinçalik fransuz armiyasining X mikroblogida video çop etildi, unda Rossiya razvedka samolyoti va unga hamroh bölgan qiruvçini köriş mumkin. 

Aniqlik kiritilişiça, Fransiyaning Mirage 2000-5 jangovar samolyotlari «Boltiq böyidagi ittifoqçilarimiz havo hududini himoya qiliş» maqsadida Estoniya sohillari yaqinida Rossiyaning Il-20 samolyotini tutib oliş uçun şay holatga kelgan, ammo bu qaçon sodir bölganligi va gap bitta samolyot haqida ketayotganiga aniqlik kiritilmagan.

NATOning Boltiqböyi havo hujumidan mudofaa missiyasi 

Boltiqböyi mamlakatlari Estoniya, Latviya va Litva özining jangovar samolyotlariga ega emas, şuning uçun ularning havo hududi xavfsizligi 2004 yildan beri NATO kuçlari tomonidan Boltiqböyi havo politsiyasi missiyasi doirasida tört oylik rotatsiya asosida ta’minlanadi. Şu maqsadda alyans ittifoqçilari navbatma-navbat öz samolyotlari va xodimlarini Boltiqböyi mamlakatlariga ötkazmoqda. 

Agar çet el samolyotlari parvoz qoidalariga rioya qilmasa yoki havo harakatini nazorat qiluvçilar bilan aloqaga kirmasa, qiruvçilar osmonga kötariladi. Alyans ta’kidlaganidek, «NATOning tezkor samolyotlari ittifoqçi havo kengliklariga tahdid solişi mumkin bölgan har qanday samolyotni tutib oliş uçun bir neça daqiqa içida havoga kötarilişga tayyor». Rossiyaning Ukrainaga hujumi ortidan NATO havo patrullari yanada kuçaytirildi.