07:38 / 29.02.2024
2506

OTM bakalavriat yo‘nalishiga qancha xotin-qizlar qabul qilingani aytildi

2022-2023-o‘quv yili boshiga O‘zbekistonda oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat yo‘nalishiga 134 ming 217 nafar xotin-qizlar qabul qilingan.

Foto: Statistika agentligi

Statistika agentligi xabariga ko‘ra, qabul qilingan xotin-qizlar soni sohalar bo‘yicha eng ko‘pi ta’lim yo‘nalishida – 65 ming 065 nafar. Keyingi o‘rinni san’at va gumanitar fanlar yo‘nalishi egallagan – 14 286 nafar.

Shuningdek:

  • biznes, boshqaruv va huquq – 11 741 nafar;
  • ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot – 10 291 nafar;
  • muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari – 10 167 nafar;
  • sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot – 8 487 nafar;
  • tabiiy fanlar, matematika va statistika – 4 428 nafar;
  • qishloq, o‘rmon, baliqchilik xo‘jaligi va veterinariya – 4 027 nafar;
  • xizmatlar – 2 971 nafar;
  • axborot-kommunikatsiya texnologiyalari – 2 754 nafar.
Top