2024 yilgi davlat dasturida “Özbekneftgaz” AJ 2024 yilda 29,3 mlrd kub tabiiy gaz qazib olişi qayd etilgan. Buning uçun bir qator geologik-texnik tadbirlar amalga oşiriladi.

Xususan, 95 ta işlatiş quduğini burğilaş, 81 ta quduqda murakkab turdagi kapital ta’mirlaş işlarini olib boriş hisobiga ularni işlab çiqarişga qaytariş çoralari köriladi, 42 ta texnologik tadbirlar amalga oşiriladi.

“Özbekneftgaz” gaz qazib olişni pasaytirib kelmoqda

Kompaniya 2021 yilda 33,9 mlrd kub, 2022 yilda esa 32,2 mlrd kub metr tabiiy gaz qazib olgan. Agar 2024 yilda 29,3 mlrd kub metrlik prognozni hisobga olsak, 3 yil içida kompaniya gaz qazib olişni 13,6 foizga pasaytirgan böladi.

Hozirça 2023 yil uçun raqamlar rasman e’lon qilinmadi, ammo “Özbekneftgaz” mazkur yil uçun tabiiy gaz qazib oliş prognozini ötgan yili 2 marta pasaytirdi.

Avvaliga, 2022 yil oxirida kompaniya rasmiylari 2023 yilda 34,1 mlrd kub metr gaz qazib oliş, jumladan, geologiya-qidiruv işlari hisobidan 1,8 mlrd kub metr gaz qazib oliş rejalaştirilganini aytgandi. Ammo (2023 yil) fevral oyida prognoz 32,8 milliard, avgustda esa 32,3 milliard kub metrgaça qisqartirildi.

Kompaniya raisi örinbosari Behzod Usmonov buni konlardagi zaxiralarning qisqarişi böyiça qilingan prognozlar özini oqlamagani sababli sodir bölgani bilan izohlagandi. “Ular jadal sur’atda qisqarib bormoqda”, degandi u.

Özbekistonda gaz qazib oliş ketma-ket beşinçi yil pasaydi

2024 yil yanvar oyida 4 mlrd kub metr gaz qazib olindi, bu ötgan yilning yanvariga nisbatan 7,4 foizga kam. Rasmiy statistika gaz qazib oliş ketma-ket beşinçi yil pasayganini körsatmoqda