Maktabgaça va maktab ta’limi muassasalarida «Öquvçi yoşlar halollik tarafdori» 10 kunligi va «Halollik» tögaraklari tizimli ravişda yölga qöyiladi. Bu haqda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi axborot xizmati rahbari Şerzod Saparov ma’lum qildi.

Unga köra, «Profilaktika kunlari» va «Sinf soat»lari doirasida «Halollik qadriyatlari», «Töğrilik, mehnatsevarlik xotirjam hayot asosi» mavzularida tarğibot-taşviqot tadbirlari taşkil etiladi.

Kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalarida «OTM–viloyat–respublika» tizimi asosida bilimlar bellaşuvi taşkil etiladi. «Aksilkorrupsiya kovorking» markazlari faoliyati yölga qöyiladi.

9 dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarşi kuraşiş kuni» munosabati bilan barça oliy ta’lim muassasalarida «Yoşlar korrupsiyaga yöq deydi!» mavzusida eng yaxşi rasmlar tanlovi, OTM ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida #Stop_korrupsiya heştegi ostida çellenj, ota-onalar örtasida «Iste’molçilarning ta’lim xizmatlari sifatidan qanoatlanganligi» mavzusi böyiça sotsiologik sörovnoma ötkaziladi.