Ğarbiy sohildagi rasmiy ma’muriyat (FATH), Ğazo sektoridagi HAMAS harakati va Falastindagi boşqa siyosiy guruhlar yetakçilari 29 fevral kuni Moskvaga yiğildi. Bu – Falastinda içki birlikka erişiş uçun yangi imkoniyat bölişi mumkin. Yaqin Şarq masalalari böyiça ekspert Farhod Karimov Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida bu uçraşuvning muhim jihatlarini şarhlab berdi.
— Falastin muammosida tarixan Rossiyaning roli qanday bölib kelgan?
— Rossiya emas, Moskva deganimiz ma’qulroq. 1947 yili Falastin va Isroil davlatlarini tuziş haqida BMT rezolyutsiyalari çiqqanda sovet ittifoqi bor edi. Sobiq ittifoq Isroil davlati taşkil topişi böyiça rezolyutsiyani qöllagan sanoqli davlatlardan biri bölgan. 1945-1946 yillarda bu masala kötarilganda Stalin rad etgan, keyin esa rozi bölişi köpçilikni hayron qoldirgan.
Stalinning yahudiylarga nisbatan fikri yaxşi bölmagan, lekin şunday bölsa ham, siyosiy vosita sifatida foydalaniş uçun rozi bölgan: sababi, bu yerlar asosan Buyuk Britaniya koloniyalari bölib, uning nazoratida edi, sovet ittifoqi esa Isroil davlati tuzilişini qöllaş orqali u yerga kirib borişni maqsad qilgan. 1917 yildan keyin Quddus atrofida joylaşa boşlagan yahudiylar keyinçalik Britaniyaga qarşi çiqadi, bizning davlatimizni tuzib beringlar, degan da’vo bilan. Britaniya esa arablar tomonida edi pozitsion jihatdan. Quddusda yahudiylarning radikal ekstremistik guruhlari paydo böladi, bu vaziyatdan foydalanib Stalin bu yerga kirib kelmoqçi böldi. U holokost sabab ma’lum muddat sobiq ittifoqqa köçib kelgan yahudiylar orqali Isroilda öziga xayrixoh hukumat şakllantirmoqçi edi.
1947 yilda BMT Xavfsizlik kengaşida bu rezolyutsiya birinçi öqilişda qabul qilinmagan, keyingi öqişda esa kengaşning vaqtinçalik a’zo davlatlari orasidan rezolyutsiyaga qarşi bölganlar Stalinning bosimi bilan yiğilişda qatnaşib, Isroil davlatini şakllantiriş uçun ovoz bergan. Stalinning umidlari katta edi, u Isroilda kommunistik hukumat tuzmoqçi edi. Britaniya Isroil davlatini şakllantiriş rezolyutsiyasida betaraf bölgan.
Bugungi rasmiy Moskva Yaqin Şarqdagi asosiy öyinçilardan emas. 80-yillar oxiri va 90-yillarda Moskva tarafida bölgan Iroq, Suriya kabi davlatlar bor edi, lekin 1947 yilda bu davlatlar bölmagan, arablarning asosiy geosiyosiy yönalişi Ğarb edi. Şunday vaziyatda yahudiylarni qöllaş Moskvaga imkoniyat bölib köringan.
Bugun arab davlatlari Vaşington va Londondan uzoqlaşgan, mustaqil siyosat yuritmoqçi, Ğarb bosimidan çiqiş uçun Xitoy va Rossiyaga qaraşyapti, şu sabab Pekin va Moskvaga arablar bilan muloqot qiliş qulay.
















