AQŞ hududiga noqonuniy ravişda kirib olgan migrantlarni deportatsiya qiliş davom etadi. Bu haqda 3 mart kuni Özbekistondagi AQŞ elçixonasi ma’lum qildi.
«Qöşma Ştatlarga noqonuniy migratsiya xavfli va serxarj urinişdir. Biz Özbekiston fuqarolarini odamlarni tovar sifatida köradigan jinoiy guruhlar yolğon va’dalariga işonib, jabrdiyda bölişdan ogohlantiramiz. Amerika Qöşma Ştatlariga sayohat qilişni xohlovçilarni xavfsiz va qonuniy yöllar orqali safar qilişga çaqiramiz», deyiladi xabarda.
Qayd qilinişiça, AQŞ noqonuniy migrantlarni deportatsiya qiliş masalasida Özbekiston hukumati bilan hamkorlikni davom ettiradi.
«AQŞ hukumati Qöşma Ştatlarda qoliş uçun qonuniy asosga ega bölmagan Özbekiston fuqarolarini mamlakatdan çiqarib yuboriş böyiça Özbekiston hukumati bilan yaqin hamkorlikni davom ettirmoqda. Qöşma Ştatlar öz hamkorlari bilan xavfsiz, tartibli va insonparvar migratsiya jarayonlarni tatbiq etgan holda, Qöşma Ştatlarda qoliş uçun qonuniy asosga ega bölmaganlarni deportatsiya qiliş işlarini davom ettiradi», deyiladi elçixona xabarida.
3 mart kuni noqonuniy yöllar bilan Qöşma Ştatlarga kirgan 74 nafar özbekistonlik vatanga qaytarildi. Ma’lum qilinişiça, ularning köpçiligi Meksika orqali Amerikaga ötgan.

















