Boş prokuratura boşqarma boşliği Baxtiyor Bobojonovning “Huquq” gazetasida e’lon qilingan maqolasida keltirilişiça, 2023 yilda respublika böyiça oyiga örtaça hisobga qöyilgan jinoyatlar soni prokuraturaning örganişlaridan söng bir neçtaga oşgan.

“Keyingi yillarda jinoyatçilik statistikasiga “hisobot yilida sodir etilgan jinoyatlar” tuşunçasi kiritildi. Bundan maqsad umumiy röyxatga olingan jinoyatlardan aynan şu yilning özida sodir etilayotgan jinoyatlarni ajratiş orqali haqiqiy kriminogen vaziyatni aniqlaş hamda sodir bölişi ehtimoli bölgan jinoyatlarning oldini oliş çoralarini körişdir. Biroq bu vazifani ayrim xodimlar tuşunmay, hududda jinoyatlar sonini kamaytirib körsatiş maqsadida jinoyatlarni eski yilning sanasi bilan tizimga kiritayotgan holatlar kuzatilyapti. Eski yillarda sodir etilgan deb belgilangan jinoyatlarning qariyb 9 foizi aslida hisobot yilida sodir etilgan. Bunday amaliyot bu yil ham davom etayotgani taşvişlanarlidir.

Masalan, 2024 yil 4 yanvar kuni Quyi Çirçiq tumanidagi mas’uliyati çeklangan jamiyatlardan birining hududidan 11,8 mln sömlik temir quvurlar öğirlab ketilgani yuzasidan qözğatilgan jinoyat işi tuman içki işlar idorasi tomonidan bir yil oldin, ya’ni 2023 yilning 5 yanvarida sodir etilgan deb belgilangan.

Tizimda jinoyatlarning barvaqt oldini oliş, sodir etilganlarini foş etiş va jazo muqarrarligini ta’minlaş örniga jinoyatlarni hisobdan yaşiriş orqali kriminogen vaziyat yaxşidek körsatilmoqda”, deb yozadi Baxtiyor Bobojonov.

Jinoyatçilikka doir körsatkiçlar yagona axborot tizimida röyxatga olingan jinoyat haqidagi ariza va xabarlar bilan taqqoslanganda, rasmiy statistika haqiqiy holatdan tubdan farq qilişi ayon bölgan.

Xususan, jinoyat işi qözğatişni rad qiliş haqidagi qarorlarning qonuniyligi örganilganida 2023 yilda içki işlar organlari jinoyat işi qözğatişni rad etgan 5 710 ta jinoyat aniqlanib, prokuratura tomonidan uşbu noqonuniy qarorlar bekor qilingan holda qat’iy hisobga qöyilişi ta’minlangan. Bularning 2 tasi bosqinçilik, 37 tasi talonçilik, 357 tasi tan jarohati yetkaziş, 339 tasi bezorilik, 1 742 tasi öğirlik, 2 445 tasi firibgarlik hamda 788 tasi boşqa turdagi jinoyatlar bölgan.

Prokuratura ötkazgan örganişlarda jinoyat haqidagi ariza va xabarlarni qayd etmaslik yöli bilan 16 ta, dalillarni soxtalaştiriş yoki qasddan yöq qiliş orqali 24 ta jinoyat yaşirilgani aniqlangan.

Masalan, Jarqörğon tumanida yaşovçi B.A. ukasi N.A. bilan birga özaro ziddiyatlaşib kelgan tanişi S.O‘.ni köçada ketayotganida öğirlab, uyiga olib borgan va daraxtga boğlab qöygan holda duç kelgan joyiga urib-tepib, döpposlagan. Oqibatda S.O‘. voqea joyida vafot etgan. Şundan söng B.A. qilmişi haqida hududdagi ikki nafar profilaktika inspektoriga xabar bergan. Profilaktika inspektorlari voqea joyiga kelib, qasddan odam öldiriş jinoyati sodir etilganini körgan, ammo çora köriş örniga heç qayerga ma’lum qilmasdan, öta oğir jinoyatni yaşirgan. Hatto jinoyatçilarga marhumning murdasini yaşirişga yordam ham bergan. Bu qilmişlari uçun inspektorlar sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etilgan.