2023 yilda Qozoğiston 90 million tonna neft qazib oldi, şundan 70,5 million tonnasini eksport qildi. Bu haqda Qozoğiston Energetika vaziri Almasadam Satqaliyev ma’lum qildi. 

«2023 yilda 90 million tonna neft qazib olindi, bu 2022 yilga nisbatan 6,9 foizga köp... Neft eksporti ham ösib, 70,5 million tonna yoki 109,6 foizni taşkil etdi», dedi u. 

Qayd etilişiça, Qozoğiston nefti temir yöl orqali Xitoyga 1,2 million tonna, Özbekistonga esa 65 ming tonna eksport qilingan. 

Bundan taşqari, Rossiya neftining mamlakat hududi orqali tranziti Xitoyga 10 million tonna, Özbekistonga 150 ming tonnani taşkil qilgan. 

«Drujba» tizimi böyiça 1,2 million tonna, şuningdek, Boku-Tbilisi-Jayhon yönalişi böyiça 2024 yilgaça 1,5 million tonna neftni taşiş böyiça kelişuvga erişildi», dedi Satqaliyev.