Özgidromet 2023/2024 yillar qişida kuzatilgan harorat böyiça tahlillarini e’lon qildi. Unga köra, ötgan qiş mavsumi iliq bölib, örtaça mavsumiy havo harorati iqlimiy me’yordan 1,5-2,6 darajaga yuqori bölgan. Yanvar oyi ötgan qişning manfiy anomaliyasiga asosiy hissa qöşdi. 2024 yilning yanvar oyi meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng iliq yanvar oylari uçligiga kirdi. Yanvar oyida örtaça oylik havo harorati iqlimiy me’yordan 3-4 darajaga, şimolda 1-2 darajaga köp böldi.
Dekabr ham iliq böldi. Ikkinçi ön kunlikda sezilarli sovuq tölqinlariga qaramay, dekabrda örtaça oylik harorat me’yoriy qiymatlardan 1,5-2 darajaga, janubda 2,5-3 darajaga yuqori böldi. Hududning katta qismida ötgan qiş uçun eng past havo harorati 2023 yil dekabr oyida kuzatildi. Toşkentda dekabr oyining minimal harorati 15,9 daraja sovuq qayd etildi, bu sönggi 30 yil içida eng past harorat böldi.

Fevral oyida örtaça oylik harorat respublika hududining katta qismida örtaça köp yillik qiymatlarga yaqin böldi. Özbekiston şimolida fevral oyi iqlimiy me’yordan 1,5-2 darajaga iliqroq böldi. Oylik yoğingarçilik miqdori me’yordan kam, ba’zi joylarda me’yorga yaqin, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Qizilqum şimolida me’yorga nisbatan (30 foizdan) kam böldi.
Oyning iliq davrida (5 fevraldan 15 fevralgaça) yoğingarçilik kam bölib, tekislik hududlarda esa faqat jadalligi biroz bölgan yomğir körinişidagi yoğingarçilik kuzatildi.
Oyning boşi va ikkinçi yarmida asosan jadalligi kuçliroq bölgan qor körinişidagi yoğingarçilik tez-tez kuzatildi. Uşbu davrda respublikaning tekislik hududlarida qor qoplami şakllandi. Qor qoplamli kunlar soniga köra, fevral oyi ötgan qişda eng qorli bölgan.

















