O‘zbekiston | 13:33 / 11.03.2024
5036
2 daqiqa o‘qiladi

Ekologiya vazirligi maxsus chiqindi paketlarini xarid qilish bo‘yicha tijorat takliflarini qabul qiladi

Foto: Ekologiya vazirligi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi tadbirkorlardan maxsus chiqindi paketlarini xarid qilish bo‘yicha tijorat takliflarini qabul qiladi.

Xarid qilinadigan paketlarga qo‘yiladigan talablar:

1. Paketlar mikroorganizmlar ishtirokida bioparchalanish xususiyatiga ega bo‘lishi kerak yoki tarkibida kraxmal bo‘lgan organik chiruvchi mahsulotlardan ishlab chiqarilgan bo‘lishi kerak;

2. Paketlardan chiqindilarni saralab yig‘ishda foydalaniladi; 

3. Paketlarning har biri ixcham shaklda yig‘ilgan, taxlangan, bir-biriga ketma-ket ulangan, o‘ralgan rulon holatida ishlab chiqarilgan bo‘lishi lozim;

4. Paketlarning rangi:

— shaffof, rangsiz;
— qora;
— jigarrang.

5. Paketlarning sig‘imi, o‘lchami, yuk ko‘taruvchanligi va qalinligi:

— jigarrang: eni — 55 sm, bo‘yi — 65 sm, sig‘imi — 20-25 l va qalinligi 40 mikron — 60 ming dona;

— shaffof rangsiz: — eni – 60 sm, bo‘yi – 90 sm, sig‘imi – 40-45 l, qalinligi 60 mikron – 30 ming dona hamda eni – 55 sm, bo‘yi – 65 sm, sig‘imi – 20-25 l, qalinligi – 40 mikron – 30 ming dona;

— qora rangli: eni — 60 sm, bo‘yi – 90 sm, sig‘imi – 40-45 l, qalinligi – 60 mikron – 30 ming dona hamda eni – 55 sm, bo‘yi – 65 sm, sig‘imi – 20-25 l, qalinligi – 40 mikron – 30 ming dona.

6. Paketlarning dizayni quyidagicha bo‘lishi kerak:

Tijorat takliflari 14 mart soat 11:00 gacha qabul qilinadi. Takliflarni vazirlikning info@eco.gov.uz elektron pochtasi orqali yuborish yoki +998(71) 270-07-70 (9991) raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, yetkazish mumkin.

Mavzuga oid