Duma harbiylarni javobgarlikdan ozod qilishni ma’qulladi
Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasi safarbar etilgan va shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilarni jinoiy javobgarlikdan ozod qiladi. Haqiqiy muddat shartli bilan almashtiriladi.
Rossiya Davlat dumasi birinchi o‘qishda «maxsus harbiy operatsiya» davrida harbiy xizmatga safarbar qilingan va Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzgan shaxslarni jinoiy javobgarlikdan ozod qiluvchi qonun loyihasini qabul qildi. Ovoz berish 12 mart, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Parlament quyi palatasi veb-saytida e’lon qilingan qonun loyihasi matniga ko‘ra, tergov va sudlovda bo‘lgan yoki yengil va o‘rtacha og‘irlikdagi jinoyatlar uchun sudlangan shaxslar Mudofaa vazirligi bilan shartnomalar tuza oladi. Shartnomani imzolash vaqtida allaqachon jazoni o‘tayotgan shaxslar xizmatdan bo‘shatilgandan keyin yoki davlat mukofoti bilan taqdirlangandan keyin jazoni shartli jazoga almashtirishi mumkin. Sobiq mahkumlarning xatti-harakatlarini keyingi nazorat qilish ular harbiy qismi qo‘mondonligiga yuklanadi.
Qonun loyihasi, xususan, ekstremizm, terrorizm, hududiy yaxlitlikni buzish, davlatga xiyonat qilish va «nomaqbul tashkilot» bilan hamkorlik moddalari bo‘yicha sudlanganlarga nisbatan qo‘llanmaydi. Shuningdek, voyaga yetganlarning jinsiy daxlsizligiga qarshi, konstitutsiyaviy tuzum va davlat xavfsizligi asoslariga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun jazo muddatini o‘tayotgan shaxslar frontga jo‘natilmaydi.
Qonun loyihasi hammualliflari Dumaning Qonunchilik va davlat qurilishi qo‘mitasi rahbari Pavel Krasheninnikov, Mudofaa qo‘mitasi rahbari Andrey Kartapolov va senator Andrey Klishas edi. Ularning barchasi «Yedinaya Rossiya» partiyasi a’zolaridir.
Rossiyada bunday qonun mavjud edi
2023 yil iyun oyida Davlat dumasi Mudofaa vazirligiga tergov ostida bo‘lgan, jazoni o‘tayotgan yoki sudlangan shaxslar bilan shartnoma tuzish imkonini beruvchi qonun loyihasini qabul qildi. Biroq, yangi qonundan farqli o‘laroq, u faqat qabul qilinishidan oldin jinoyat sodir etganlar bilan amalga oshirilishiga ruxsat bergan.
Yangi qonun loyihasi hammualliflaridan biri Pavel Krasheninnikovning so‘zlariga ko‘ra, eski qonun «vaqtinchalik» edi.
Frontdan qaytgan jinoyatchilar jinoyat sodir etishda davom etmoqda
«Verstka» nashri yozganidek, birgina 2023 yilda «Vagner» XHKga ishga qabul qilingan va afv etilgan mahkumlarga nisbatan 200 ga yaqin jinoiy ish ochilgan. Ularning aksariyati - o‘g‘irlik yoki talonchilik uchun.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Nukus, Buxoro, Farg‘ona va Namanganda texnika universiteti ochiladi
O‘zbekiston | 18:12
-
Qirg‘izistonda tirbandliklarga barham berish uchun poytaxtni ko‘chirish taklif qilindi
Jahon | 18:09
-
Tramp prezidentlikka kirishgan kuniyoq bir necha sudga berildi
Jahon | 18:05
-
Politico: YeI va Britaniya AQSh bilan savdo urushiga tayyorlanmoqda
Jahon | 17:59
Mavzuga oid
14:55 / 22.12.2024
Jismoniy shaxslarga yovvoyi hayvonlarni saqlaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
16:43 / 21.12.2024
Shaharsozlikka oid qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
15:05 / 20.11.2024
Duma Ukrainada jang qilayotganlarning qarzidan kechish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
10:40 / 06.11.2024