Albaniyadagi yuz minglab bunkerlar – Bolqondagi mitti davlat nega SSSRdan himoyalanmoqçi bölgandi?
|17:18 / 17.03.202430 94210 min
Bundan bir neça kun oldin Boltiqböyida joylaşgan kiçik davlatlardan biri Estoniya xavfsizlik nuqtai nazaridan Rossiya bilan çegara böylab 600 ta bunker qurişi haqida xabarlar tarqaldi. Ötgan asrning 70-yillarida Bolqon yarimorolida joylaşgan Albaniyada ham 170 mingdan ortiq bunker qurilgan va ular bugun ham saqlanib qolmoqda. Xöş, Albaniya qaysi davlatdan himoyalanmoqçi bölgandi?
Ikkinçi jahon uruşidan keyin Şarqiy Yevropadagi barça davlatlar SSSR ta’sir doirasi ostiga tuşib qoladi. Ularda kommunistik tuzum örnatilib “sovetça” boşqaruv usuli joriy etiladi.
Şu tariqa Polşa, Vengriya, Çexoslovakiya (Çexiya va Slovakiya öşa paytlarda bitta davlat bölgan), Ruminiya, Bolgariya, Albaniya va Yugoslaviya (bu davlat oltita ittifoqdoş respublikadan iborat bölgan) 1990-yillar boşigaça SSSR vassaliga aylanadi.
Yuqoridagi davlatlar orasida ayrimlari kommunistik tuzumga qarşi boş kötarib köradi. Biroq bunday harakatlar Moskva tomonidan ayovsiz bostiriladi.
Jumladan, 1953 yil 3 may kuni Bolgariyadagi tamakini qayta işlaş korxonasida, öşa yili 31 may 2 iyun oraliğida Çexoslovakiyadagi bir neçta korxonalarda, 15-18 iyun kunlarida GDRda işçilar maoşlar kamligi, mehnat şaroiti yomonligi sababli kommunistik tuzumga qarşi namoyişlar ötkazişadi. Bu namoyişlarning barçasi ayovsiz tarzda bostiriladi.
SSSRga qarşi kötarilgan isyonlarning uçtasi yirik kölamli bölgan va ularda ança odam halok bölgan, boşqalari tan jarohatlari olgan. Bular:
1956 yil yozda Polşaning Poznan şahrida sodir bölgan antisovet ğalayonlari;
1956 yilda Vengriya poytaxti Budapeşt şahrida bölib ötgan namoyişlar;
1978 yilda Çexoslovakiyada kommunistik tuzumga qarşi qözğolon.
Har uçala hodisada ham jarayonga sovet armiyasi aralaşib, qözğolonçilar, namoyişçilar ayovsiz otib taşlanadi.
Sovet tanklari Praga şahrida, 1968 yil
drugoi.livejournal.com
Sotsialistik lagerga kiruvçi davlatlar orasida Yugoslaviya va Albaniya SSSR bilan sal murosasiz munosabatda bölişgan. Bu ikki davlat sotsialistik lagerdan çiqişga urinmagan, şunçaki boşqa masalalarda kelişmovçiliklar kelib çiqqan.
Masalan, Ikkinçi jahon uruşidan keyin Yugoslaviyani boşqargan Iosif Broz Tito va Albaniyani boşqargan Anvar Xöja Stalin bilan juda döstona aloqada bölgan.
1953 yilda Stalin vafotidan söng SSSRda uni qoralaş kompaniyasi boşlanadi va bu Broz Tito hamda Anvar Xöjaga yoqmaydi. Şu sababli Albaniya va Yugoslaviya Moskva bilan munosabatlarda soviy boşlaydi.
Mavzuga oid
1955 yilda taşkil etilgan sotsialistik lagerga kiruvçi davlatlarning harbiy blogiga Yugoslaviya a’zo bölmaydi. Albaniya boşida a’zo bölib, 1962 yildan iştirokini töxtatadi. 1968 yildan harbiy blokdan çiqib ketadi.
Xaritada qizil rangda Varşava şartnomasi taşkiloti harbiy blogiga a’zo davlatlar körsatilgan. 1960-yillarda Albaniya undan çiqib ketgan
Stalin tarafdori
1953 yil 5 mart kuni SSSRni 31 yil boşqargan Iosif Stalin vafot etadi. Şundan söng SSSRda yuqori martabali şaxslar örtasida taxt uçun zimdan raqobat boşlanadi.
Bunda Xruşçyov, Beriya va Stalinning eski safdoşlari Molotov, Voroşilov hamda Kaganoviçdan iborat guruh özaro raqobatlaşadi. Oxir-oqibat Xruşçyov yutib çiqadi va SSSR rahbari böladi.
U eng avval öziga qarşi çiqqanlarni, bundan taşqari Stalin qatağonlarida boş rollarni ijro etgan amaldorlarni işdan çetlaştiradi. Ayrimlari qamaladi.
Undan söng mamlakatda Stalinni qoralaş kompaniyasi boşlanadi. 1956 yilda Nikita Xruşçyov partiyaning XX s’yezdida «Şaxsga siğiniş va uning oqibatlari» haqida ma’ruza qiladi va Stalin davrida qilingan işlarni keskin qoralaydi. “Xalqlar dohiysi” deb ta’riflanadigan Stalinning özini «qonxör va zolim edi» deb ataydi.
Sovet rahbarining s’yezdda qilgan ma’ruzasi va Stalinni qoralaşi Broz Tito kabi Anvar Xöjaga ham yoqmaydi. Şundan söng SSSR va Albaniya örtasidagi munosabatlar sovuqlaşa boşlaydi.
1962 yilda Albaniya kommunistik davlatlar harbiy blogi – Varşava şartnomasi taşkilotidagi iştirokini töxtatadi. 1968 yildan undan çiqib ketadi.
Anvar Xöja va Stalin
www.skyscrapercity.com
Anvar Xöja Moskva bilan munosabatlarning sovuqlaşişi salbiy oqibatlar keltirib çiqarişi mumkinligini bilib turardi. Öşa paytda SSSR Albaniyani bosib olib, Anvar Xöjani ağdarib taşlaşi, yoki Moskva bu işni boşqalarning qöli bilan qilişi mumkin edi.
Gap şundaki, öşa paytlarda Albaniya özining qöşnisi Gretsiya va hatto sotsialistik lagerga kiruvçi Yugoslaviya bilan ham yaxşi munosabatda emasdi.
Bunga sabab, Albaniya har ikki davlat hududidagi etnik albanlar yaşaydigan hududlarni da’vo qilardi. Ma’lumot uçun, Yugoslaviya tarkibida bölgan Makedoniya va Serbiya respublikalarida va Gretsiya şimolida etnik albanlar yaşaydigan hududlar bor edi.
Ana şunday vaziyatda Moskva Yugoslaviyani Albaniyaga qarşi gijgijlaşi va serblar yordamida Anvar Xöjani taxtdan ağdarib taşlaşi mumkin edi. Öşa paytda Albaniyani şimol va şarq tomondan Yugoslaviya örab turar va ikki davlat juda katta hududda çegaradoş edi.
Agar Moskvadan işora bölsa istalgan vaqtda serblar Albaniyaga bostirib kirişga tayyor edi. Ana şunday vaziyatda Anvar Xöja mamlakatning barça hududlarida bunkerlar qurişga buyruq beradi. Natijada kiçik bir davlatda 20 yildan oşiqroq vaqtda 100 mingdan oşiq (!) bunker quriladi.
Albaniyada qurilgan bunkerlar
forum.say7.info
Bunkerlar
Albaniya Moskva bilan munosabatlarda masofa saqlaşga ötar ekan, mamlakat yangi harbiy doktrina qabul qiladi. Unda mamlakat har doim taşqi kuçlar hujumiga tayyor turişi va bu yölda xalq frontiga tayanişi közda tutilgandi.
Öşa paytda mamlakatning har bir erkak aholisi 18 yoşga yetganda harbiy xizmatni ötaşi, söng doimiy harbiy zaxira sifatida hisobda turişi belgilab qöyilgandi.
Ma’lumot uçun, SSSRda ham şunday bölgan. Soğligida muammo bölmagan yigitlar harbiy xizmatga çaqirilgan va ikki yil (1970-yillargaça uç yil) harbiy xizmatni ötaşi şart bölgan. Harbiy xizmatni ötab bölganidan söng qariyb 50 yoşigaça harbiy zaxirada hisobda turgan.
Fishki.net
Bundan taşqari, harbiy doktrinada mamlakat böylab barça joyda beton bunkerlar qurilişi va ularda doim harbiylar sergak turişi belgilab qöyilgandi.
1960-yillarda mamlakat böylab bunkerlar qurilişi boşlanadi va jarayon 1989 yilgaça davom etadi. Bunkerlar temir-betondan mustahkam qilib, joyiga qarab turliça qilib quriladi.
Bunkerlarning usti gumbazsimon bölib, ularning kiçiklariga 2 kişi, kattalariga esa bir-ön nafar odam siğardi. Bunkerlarning tört tomonida dotlar qilingan bölib, ularga öqotar qurollar joylaştirilardi.
Ular butun mamlakat böylab barça joylarda, şahar va qişloqlarda, ekin maydonlari, adirlar hamda toğlarda, hatto dengiz sohillarida ham quriladi.
verainalbania.livejournal.com
Yirik şaharlar va poytaxt Tirana atrofidagi bunkerlarning aksariyati yerosti yölaklari orqali bir-biriga boğlangandi.
Eng köp bunker Tirana atrofida beş qator qilib qurilgandi. Mabodo duşman bostirib kelsa ham quruqlik orqali poytaxtga kira olmasdi.
Qariyb 20 yilda umumiy hisobda 200 ming atrofida bunker quriladi. Ba’zi ma’lumotlarda ularning soni 100 ming bölgani, boşqasida esa 500 mingga yetişi haqida yozilgan.
Biroq Albaniya hududi unça katta emasligi inobatga olinsa 500 mingta bunker qurilgani haqidagi ma’lumot haqiqatga töğri kelmaydi.
Öşa paytda garçi qulay geografik mintaqada joylaşgan bölsa ham Albaniya Yevropadagi eng kambağal davlatlardan biri edi. Bu davlat SSSR bilan masofa saqlar, Ğarb bilan hamkorlik qilmas, oqibatda iqtisodiy rivojlanişi juda sust edi.
Ana şunday şaroitda Anvar Xöja mamlakatni bunkerlarga töldiriş uçun juda katta mablağlarni sarflab yuboradi. 1985 yilda u vafot etadi. Biroq uning örniga kelgan Aliya Ramiz ham mamlakatda bunkerlar qurişni davom ettiradi.
zzyqxn.com
Bunkerlar qurilişining töxtatilişi
1989 yilga kelib bunkerlar quriş töxtatiladi. Bunga sabab Albaniya mustaqilligi uçun xavf biroz bartaraf bölgandi.
Gap şundaki, ötgan asrning ikkinçi yarmida Albaniya uçun eng jiddiy xavf tuğdirgan davlatlar SSSR va Yugoslaviya edi. Sovet ittifoqi parçalanib ketgandan söng köp ötmay Yugoslaviya ham parçalandi.
Ma’lumot uçun Yugoslaviya tinç parçalanmaydi. 1991-1992 yillarda Yugoslaviya tarkibidagi respublikalar öz mustaqilligini e’lon qilgaç serblar ularga qarşi uruş boşlaydi va u bir neça yilga çöziladi.
Uyga aylantirilgan bunker
www.alamy.com
Şundan söng Albaniyada qurilgan bunkerlar öz ahamiyatini yöqotadi va yangilarini quriş töxtatiladi. Köp ötmay ulardan boşqa maqsadlarda foydalana boşlaşadi. Kimdir kafe, ikkinçisi boşqa xizmat körsatiş şoxobçasi oçadi.
Hatto ayrimlar yirikroq bunkerlarni ta’mirlab, uni uy qilib ham olişadi. Yana kimdir bunkerlardan molxona yoki omborxona sifatida foydalanmoqda.
Foydalanişning iloji bölmaganlari qarovsiz qoladi. Infratuzilmaga xalaqit berganlari buzib taşlanadi. Şunday bölsa ham bugun Albaniyada 100 minglab bunkerlar saqlanib qolmoqda.
Mamlakatga keladigan sayyohlarga uning e’tiborga sazovor bölgan joylari bilan birga bir paytlar mamlakat himoyasi uçun qurilgan bunkerlarni ham körsatişadi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi