Vladimir Putin Federal xavfsizlik xizmatini Ukraina harbiy qismlariga qöşilgan mamlakat xoinlarini «nomma-nom aniqlaş»ga çaqirdi. «Biz ularni qayerda bölişidan qat’i nazar, da’vo muddatisiz jazolaymiz», — dedi Rossiya prezidenti 19 mart, seşanba kuni maxsus xizmat hay’ati yiğilişida. 

Davlat rahbari öz nutqida Ukraina bilan çegaradoş hududlardagi vaziyatga töxtaldi. Bir neça kun oldin Rossiya Mudofaa vazirligi, uruş tarafdori bölgan blogerlar va uşbu hududlardagi rasmiylar Rossiyaga kirib borişga urinayotgan diversantlar bilan janglar haqida xabar berdi. Öz navbatida, Putin nafaqat oddiy Ukraina armiyasini, balki «xorijiy yollanma askarlar»ni ham «diversion-terroristik tödalar» qatoriga kiritdi. 

Bundan taşqari, davlat rahbari «FSB»ga boşqa maxsus xizmatlar bilan birgalikda terrorizmga qarşi kuraşni kuçaytiriş böyiça körsatma berdi. «Biz kuçli, xavfli duşman bilan kuraşyapmiz, uning arsenalida axborot, texnik va moliyaviy imkoniyatlar keng», - deya tuşuntirdi Putin.

Kreml dipmissiyalarning terakt haqidagi ogohlantirişini provokatsiya deb hisoblayapti

Şu bilan birga, prezident bir qator davlatlarning Rossiya Federatsiyasida teraktlar sodir etilişi xavfi haqidagi bayonotlarini tanqid qildi. Putin bunday bayonotlarni «provokatsion» deb atadi va ularni rossiyaliklarni qörqitiş niyati bilan taqqosladi. 

AQŞning Moskvadagi elçixonasi 7 mart kuni yaqin 48 soat içida teraktlar sodir etilişi xavfi haqida ogohlantirdi va öz fuqarolariga Moskvadagi ommaviy tadbirlarga bormaslikni tavsiya qildi. Ertasi kuni Latviya, Kanada, Janubiy Koreya, Şvetsiya, Germaniya va Çexiya Qöşma Ştatlar diplomatik missiyasining ogohlantirişiga qöşildi.