Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasiga tegişli Airbus A330 samolyoti 21 mart kuni «Bangkok – Yekaterinburg» yönalişi böyiça parvoz qilayotganda Toşkentga favqulodda qöndi.
Qayd qilinişiça, samolyot bortida rossiyalik fuqaroning tobi qoçgan. Ekipaj zudlik bilan eng yaqin aeroport joylaşgan şahar - Toşkentga qönişga qaror qilgan. Aeroportga tibbiy yordam maşinasi çaqirilgan.
Samolyot qöngaç, 59 yoşli erkak şifoxonaga yotqizilgan. U yurak xurujiga uçragani ta’kidlanmoqda.

Bir soat ötgaç, ekipaj parvozni davom ettirişga qaror qilgan. Biroq, samolyot uçiş-qöniş yölagida harakatlanayotgan paytda, yana bir rossiyalikning tobi qoçib qolgan. Oqibatda, samolyot yana orqaga qaytgan va ayol şifokorlarga topşirilgan.
Şundan söng, samolyot Yekaterinburg şahriga uçib ketgan.

















