Özbekistonda mingdan ortiq xotin-qizlar onlayn-taksi agregatorlari xizmatlari orqali yölovçi taşiş bilan şuğullanmoqda. Bu haqda Soliq qömitasi axborot xizmati xabar berdi.
Özbekistonda 2,6 mln.dan ortiq fuqaro özini özi band qilgan şaxs sifatida röyxatga olingan. Şundan 284 ming nafari joriy yilda röyxatdan ötgan. 1 mart holatiga özini özi band qilgan haydovçilar 420,8 ming nafarni taşkil etgan. Ularning 161,5 ming nafardan ortiği soliq organlari bilan integratsiyalaşgan onlayn-agregatorlar orqali yölovçi taşiş xizmatlarini körsatmoqda. Ta’kidlanişiça, ayollarning bu sohaga qiziqişi ortib bormoqda: 1 053 nafar haydovçi ayol uşbu onlayn xizmatlar orqali yölovçi taşiş bilan şuğullanmoqda.
Soliq qömitasi ma’lumotlar bazasida mavjud ma’lumotlarga köra, özini özi band qilgan haydovçilar joriy yilning dastlabki 2 oyida onlayn-agregatorlar yordamida quyidagi miqdorlarda daromad olgan:
- 1 million sömgaça — 104 241 nafar;
- 1 milliondan 2 mln sömgaça — 24 350 nafar;
- 2 milliondan 5 mln sömgaça — 23 817 nafar;
- 5 milliondan 10 mln sömgaça — 7 887 nafar;
- 10 milliondan 15 mln sömgaça — 1 180 nafar;
- 15 million sömdan yuqori — 189 nafar.
“Faoliyatini qonuniylaştiriş özini özi band qilgan şaxslarga nafaqat qonuniy daromad oliş, balki ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlariga ham xizmat qiladi”, deyiladi xabarda.
Qöşimça qilinişiça, özini özi band qilgan şaxslar daromadi 100 mln sömdan oşmasa soliq tölamaydi. Iş stajiga ega böliş va pensiya hisoblaş uçun ular ixtiyoriy ravişda yiliga bir marta ijtimoiy soliq tölaşi mumkin. Şu maqsadda joriy yilda 68,5 ming nafar özini özi band qilgan şaxs tomonidan 21,7 mlrd söm ijtimoiy soliq tölangan.
















