2023 yilda Xitoyda turmuş qurgan juftliklar soni 7,68 mlnni taşkil qildi. Bu bir yil avvalgiga qaraganda 12,4 foizga köp. Fuqarolik işlari vazirligiga köra, 2023 yilda bir yil avvalgiga qaraganda 845 ming köp nikoh qayd etilgan. Nikoh soni böyiça rekord 2013 yilga tegişli, bu yilda 13,47 mln nikoh qayd etilgandi.
Şunça yildan keyin nikoh soni oşişi hukumatning rekord darajadagi kam tuğiliş sabab turmuş qurişni tarğib qilişi bilan ham boğliq.
Xitoyda tuğiliş körsatkiçi ketma-ket pasayib bormoqda. Bu jarayon mamlakatda aholi soni oşib ketgani sabab bir bolalilik siyosatiga ötilgan 1980 yillardan beri davom etyapti.
Şu oyning boşida mamlakat boş vaziri Li Tsyan hukumat tuğilişni rağbatlantiradigan jamiyat va aholining uzoq muddatli, muvozanatli rivojlanişi ustida işlaşini ma’lum qildi.
Şuningdek, mamlakatda tuğilişni rağbatlantiriş uçun tuğiliş, ota-onalik va ta’lim xarajatlarini qisqartiriş, ota-onalik ta’tili siyosatini takomillaştirişga ham va’da berildi.
Mamlakat aholisi 2023 yilda ikkinçi marta kamaydi, tuğiliş rekord darajada kam bölib, ölimlar soni tuğilişdan köproq böldi.
Iqtisodiy pasayiş davrida köpçilik yolğiz qolişni afzal körgan. Şuningdek, ajralişlar soni ham oşgan. 2023 yilning özida jami 2,59 mln juftlik bahssiz ajraliş uçun röyxatdan ötgan (bunda er-xotinning ikkalasi ham e’tiroz bildirmaydi).
Şuningdek, siyosatçilar aholining tez qarib borişi bilan kuraşişiga ham töğri kelyapti. Prognozga köra, yaqin 10 yil içida 300 mln xitoylik nafaqaga çiqadi.
Nikoh tuğiliş bilan boğliqligi sabab bu vaziyatda oilalarning köpayişi tuğiliş ösişiga sabab bölişidan umid qilinyapti.
2015 yilda Xitoyda bir farzandlilik siyosati bekor qilingan. Odamlarni oila qurişga undaş uçun subsidiya va boşqa imtiyozlar ham amalga kiritildi. 2021 yildan esa 3 nafargaça farzand körişga ruxsat berilgan.

















