Boş prokuratura huzuridagi departament Oqdaryo tuman bölimi tomonidan tuman ekologiya va atrof muhitini muhofaza qiliş sohasida nazorat inspeksiya xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan.
Unda, “A.G” MÇJ mas’ul şaxslari heç qanday hujjatlarsiz “Kumuşkent” va “Xalqobod” MFY çegarasidan oqib ötuvçi Oqdaryo daryosi muhofaza zonasi hududidan SANY rusumli ekskavator yordamida jami 13 ming kub hajmdagi qum-şağal xomaşyosini özboşimçalik bilan qazib olişib, davlat va jamiyat manfaatlariga 6 mlrd söm zarar yetkazgani aniqlangan.
Şu kabi, departamentning Bulunğur tuman bölimi tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan.
Unda, “B.B.” MÇJ rahbari B.E. “Zarafşon” massivi hududidan baliqçilik xöjaligini taşkil qiliş uçun ajratilgan 11 gektar yer maydonidan heç qanday hujjatsiz jami 9,5 ming kub hajmdagi qum-şağal aralaşmasini özboşimçalik bilan qazib olgani, şuningdek tijorat maqsadida umumiy foydalanişdagi elektr tarmoğiga öğirlik yöli bilan ulanib, 177,6 mln sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

















