Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 11:20 / 28.03.2024
5712
2 daqiqa o‘qiladi
Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi
Toshkent shahridan Qamchiq dovoni orqali Farg‘ona vodiysi viloyatlariga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi.
Foto: Transport vazirligi
Transport vazirligi xabariga ko‘ra, shu maqsadda shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlar bo‘yicha navbatdagi ochiq tender tanlovlari 2024 yilning 1 may sanasida bo‘lib o‘tadi.
Tenderga qo‘yilgan lotlar:
- YT – 1150-sonli Toshkent sh. – Namangan sh. ikki tomondan
- YT – 1151-sonli Toshkent sh. – Farg‘ona sh. ikki tomondan
- YT – 1153-sonli Toshkent sh. – Andijon sh. ikki tomondan
Ushbu yo‘nalishda qatnovlarni amalga oshirishda quyidagi talablar mavjud:
- Qamchiq dovoni orqali yo‘lovchilarni tashishda foydalaniladigan va haydovchidan tashqari o‘n to‘rttagacha o‘rindiqqa ega bo‘lgan M2 toifadagi transport vositalariga;
- bunda faqat 1 apreldan 1 noyabrga qadar bo‘lgan davrda kunduzi;
- ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan va gaz ballon uskunalari o‘rnatilmagan;
- sekinlashtiruvchi uskunasi (tog‘ tormozi) mavjud bo‘lgan;
- harakatni kuzatish navigatsiya qurilmasi va taxograf o‘rnatilgan transport vositalarida kamida 7 yil staji bor haydovchilarga avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish faoliyati uchun litsenziya mavjud bo‘lgan taqdirda qatnovni amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026