RF prezidenti Vladimir Putinning atrofidagi odamlar hisoblaşiça, Ukrainaning «Krokus Siti Holl» konsert zalidagi teraktga aloqadorligi borasida heç qanday dalil yöq. Bu haqda Bloomberg Kremlga aloqador bölgan tört manbasiga asoslanib xabar bergan.
Agentlik suhbatdoşlaridan birining sözlariga köra, Putin amaldorlar terrorçilarning Ukraina bilan heç qanday boğliqligi yöq degan xulosaga kelgan yiğilişida qatnaşgan. Ammo RF prezidenti hamon «fojiadan rossiyaliklarni Ukraina bilan uruş masalasida birlaştirişda foydalaniş niyatida», deya yozadi Bloomberg.
Agentlik manbalari tasdiqlaşiça, Kremldagi rasmiylar Rossiya maxsus xizmatlari 143 kişi ölimi va 300 dan ortiq kişi jarohatlanişiga olib kelgan teraktning oldini ola olmaganidan «şok holatiga tuşgan».
Jurnalistlarning suhbatdoşlari Rossiya siyosiy va işbilarmonlar elitasida deyarli heç kim hujum ortida Ukraina turganiga işonmasligini aytişgan.
«Krokus»dagi terakt uçun javobgarlikni IŞIDning «Xuroson viloyati» bölimi öz zimmasiga olgan. Terrorçilar bayonoti haqiqiyligini amerikalik rasmiylar OAVga tasdiqlagan.
Ammo Vladimir Putin ikki marta teraktni Ukraina bilan boğlaşga harakat qildi. U «Krokus»ga 22 mart kuni keçqurun qilingan hujumdan qariyb 20 soat vaqt ötganidan keyin bergan ilk bayonotida terakt ijroçilari Ukrainaga ketiş yölida qölga olingani, Ukraina tomoni göyoki çegarada ular ötişi uçun «darça» tayyorlagani haqida aytgandi.
Keyin esa «terrorçilar jinoyat sodir etganidan keyin nima uçun aynan özlarini kutib turişgan Ukrainaga yöl olişgani» haqidagi savolga javob topiş lozimligini aytdi. Putinning sözlariga köra, terakt «radikal islomçilar qöli bilan sodir etilgani»ga qaramay, AQŞ boşqa mamlakatlarni «Moskva teraktida Kiyev izi yöqligiga, qonli terakt islom diniga e’tiqod qiluvçilar tomonidan sodir etilganiga işontirmoqçi».
26 mart kuni RF Xavfsizlik kengaşi kotibi Nikolay Patruşev va FXX direktori Aleksandr Bortnikov ham «Krokus»dagi teraktga Ukraina aloqadorligi haqida













