Tayinlovlar
Iskandar Qutbiddinov — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vaziri örinbosari lavozimiga tayinlandi.
Rustam Ğofurov — Qaşqadaryo viloyatining Kitob tumani hokimi etib tayinlandi.
Husan Töxtayev — Samarqand viloyati hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça örinbosari tayinlandi.
Durdona Rahimova — Toşkent şahar hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça örinbosari tayinlandi.
Xitoy Farğonada elektr energiyasini saqlaş tizimini quradi
Farğona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov Xitoyning Aleks Van boşçiligidagi China Gezhouba Group Overseas Investment Co. Ltd kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi.
Uşbu kompaniya dastlabki baholaş böyiça jami 144 mln dollar miqdoridagi töğridan töğri xorijiy investitsiyalar kiritiş hisobiga Özbekiston tumanida quvvati 150 MW (300 MWh) bölgan elektr energiyasini saqlaş tizimini quriş loyihasini amalga oşirişga kirişmoqda.
KUN FOTOSI

Namangan viloyatidagi Axsikent tarixiy maskanida Qoraxoniylar davriga mansub turar joy inşootlari topildi. Inşootlar öziga xos quriliş uslubiga ega bölib, asosan sinçli uylar xom va pişiq ğiştlar bilan qurilgan.
Aholi turar joylarida oşxona, yuviniş xonasi, isitiş sandallari, supalari va maxsus xöjalik öralari mavjud bölgan. Aholi ziç yaşagani uçun şaharda ikki qavatli uylar qurilgan. Uylarning yertöla qismi asosan pişiq ğiştdan qurilgan va oziq ovqat omborlari vazifasini ötagan.
Avtomobil importi böyiça rejalaştirilayotgan yangi çeklovga izoh berildi
Özbekistonda jismoniy şaxslarning tijorat maqsadida xorijdan avtomobil olib kirişi taqiqlanişi kutilyapti. Yangi avtomobillarni faqat dilerlar tomonidan olib kirilişi tartibini tiklaş ham














