Xorazm viloyatining Urganç tumanida ommaviy janjalning oldi olindi. Bu haqda Xorazm viloyati IIB xabar berdi.
Qayd qilinişiça, 31 mart kuni IIB Tezkor-qidiruv xizmatiga Urganç tumani, «Boğdorçi» mahallasi hududida 30 nafarga yaqin fuqaro özaro guruh-guruh bölib janjallaşişni rejalaştirgani töğrisida ma’lumot kelib tuşgan.

Hodisa joyiga zudlik bilan yetib borgan viloyat IIB va DXX boşqarmasi tezkor xodimlari tomonidan özaro hamkorlikda amalga oşirilgan çora-tadbirlar natijasida, uşbu guruhlar örtasida rejalaştirilgan özaro janjalning oldi olingan. Aniqlanişiça, uşbu ikki guruh tarkibida bölgan 2 nafar şaxs örtasida kelib çiqqan özaro nizoni tanişlarni jalb qilgan holda, guruh-guruh bölib hal qilişga uringan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi (Bezorilik) bilan jinoyat işi qözğatilib, 9 nafar şaxs ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan, şuningdek hodisa iştirokçisi bölgan yana 6 nafar şaxs Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183- (Mayda bezorilik) va 194-moddalariga (Içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) asosan 15 sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olingan.

















