Ozarboyjon, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Özbekiston qurolli kuçlari 2024 yilda «Birlestik – 2024» qöşma maşqlarni ötkazadi. Bu haqda Ozarboyjon Mudofaa vazirligi Armiya.az naşriga xabar berdi. 

Qozoğistonning Oqtou şahrida bölib ötgan konferensiyada maşğulotlarga tayyorgarlik köriş va galdagi vazifalar bilan boğliq qator masalalar muhokama qilingan. 

Maşqlar iyul oyida Qozoğistonning Oymaşa poligonida, şuningdek, Kaspiy dengizida joylaşgan Töqmoq burnida bölib ötadi. U yerda «Qurolli töqnaşuvlar joylarini aniqlaş böyiça jangovar tayyorgarlik vazifalarini amalga oşiriş» tadbirlari ötkaziladi.