5 aprel kuni Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayevning Özbekistonga taşrifi yakunlandi. 

Xorazm viloyatining Xiva şahrida ötgan oliy darajadagi tadbirlar doirasida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qosim-Jömart Töqayev ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar, mintaqaviy ahamiyatga molik jihatlar yuzasidan fikr almaşdilar. 

Taşrif çoğida «Xiva gilamlari» kombinati faoliyati, yurtimizda işlab çiqarilayotgan mahsulotlar körgazmasi bilan tanişdilar. 

Xiva şahridagi Içan-qal’a majmuasining tarixiy obidalari va Nurillaboy saroyi ziyorat qilindi. 

Taşrif yakunida Urganç xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Şavkat Mirziyoyev kuzatib qöydi. Söng davlat rahbari Toşkentga jönab ketdi.