Ijtimoiy tarmoqlarda ikki avtobloger mahalliy avtosanoatni himoya qiliş kerakligini aytib çiqişi şov-şuvlarga sabab böldi. Kun.uz bu boradagi savollarga asosli va ilmiy javoblar oliş uçun AQŞda faoliyat yuritayotgan iqtisodçilar Botir Qobilov va Behzod Hoşimovga murojaat qildi.
Iqtisodiyot ilmi mutaxassislari suhbat davomida “valutaning çetga çiqib ketişi” haqidagi xavotirlar nega asossiz ekani, importga çeklov qöyiş qanday qilib eksportga ham tuşov bölişi, oqilona fiskal va monetar şart-şaroitlarda importning eksportdan köp bölişi nima uçun muammoli holat emasligini tuşuntirib berişdi.
— Protetsionizmni yoqlovçilar köpinça özimizda işlab çiqarişni taşkil etmasak, valuta çetga çiqib ketadi, bu esa sömning ayirboşlaş kursiga salbiy ta’sir qiladi, deydi. Bu xavotirlar qançalik asosli?
Botir Qobilov: Qaror qabul qiluvçilar orasida ham, ayrim iste’molçilar orasida ham valutaning taşqariga çiqib ketişi katta muammo degan mifga işoniladi. Bir narsani eslab olişimiz kerak, özi eksport qilişdan maqsad – import qila oliş qobiliyati. Biz qaysidir korxona nuqtayi nazaridan gapirsak ham, eksport qilişdan maqsad eksportdan tuşgan valutani işlatib, köproq import qiliş. Uyda xorijiy valutani saqlab turib, uni taşqariga çiqib ketişining oldini oliş – nafaqat iqtisodiyotga, balki mantiqqa ham töğri kelmaydi. Tasavvur qiling, siz barça valutani uyingizda saqlab, eşik derazalarni yopib qöysangiz, uni işlata olmasangiz, uni saqlaşdan deyarli naf yöq.
Valuta fetişizmi degan ibora köp işlatilgan. Valutaning çetga çiqib ketişi mamlakatni qaşşoq qiladi deyiş – eng katta xatolardan biri.
Behzod Hoşimov: Hukumat kabinetlarida valuta çiqib ketişi xavfi bor, savdoga çeklovlarni tugatsak valutasiz qolamiz degan miflar haliyam bor. Köpçilik eksport bilan import örtasidagi farqni tuşunadi. Deylik, Özbekiston 100 sömlik eksport, 200 sömlik import qilsa, joriy operatsiyalar balansi manfiy 100 söm böladi. Xöp, 100 sömlik eksport qilarkanmiz, qanday qilib 200 sömlik import qilyapmiz? Demak, öşa 200 sömni qayerdandir olyapmiz. Agar mamlakat 100 sömlik eksport qilsa va 200 sömlik import qilsa, demak, bu pulni qayerdandir olyapti. Özbekiston misolida olsak, buning katta qismi – çet eldan kelgan pul ötkazmalari, investitsiyalar va qarzlar bölişi mumkin.
Germaniya korxonasi Özbekistonda tekstil fabrikasini qursa, tekstil fabrikasiga Xitoy yoki Koreyadan tikuv maşinasini olib kelsa, öşa yili bu importni neçidir millionga oşiradi. Lekin investitsiya hisobiga kirgan böladi. Özbekistonlik işçi çet elda mehnat qilib uyga pul yuboradi, uning uyidagilari Ukrainada işlab çiqarilgan şakardan tayyorlangan buloçka sotib olsayam, import oşadi. Buning ustiga, davlat ham özining ayrim xarajatlarini import hisobiga qiladi: qanaqadir “Tashkent city” qurilişiga çet el jihozlarini olib keladi va hokazo. Özbekiston iqtisodiyotida köp öyinçilar bor, bular – iste’molçilar, davlat korxonalari, davlatning özi va boşqalar – ular çet eldan xizmatlar yoki tovarlar sotib olişadi hamda ularga pul tölaşadi. Pulning har xil manbalari bor. Ayrim manbalar, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda investitsiyalar miqdori köpayib ketsa, şunga mos ravişda import ham köp böladi. Çunki investitsiyalarning bir qismi çet eldan xizmat yoki tovar olib kelişga yönaltiriladi. Çet ellik texnologlarni olib keliş ham import raqamlariga kirişi mumkin.












