10 aprel kuni Toşkentdagi Börijar kanalining Çilonzor tumanidan oqib ötuvçi qismida uç kişi çökib ketdi. Jabrlanganlar biri örta yoşlardagi Xitoy fuqarosi, Rossiya fuqarosi bölgan 35 yaşar ayol va uning 5 yaşar bolasi ekani ma’lum böldi.
Kun.uz mazkur baxtsiz hodisa birinçisi emasligiga e’tibor qaratdi va kanalda yuz bergan şu kabi hodisalarni örgandi.
Xalq tilida «bexosiyat» deya ta’riflanuvçi Börijar kanalida oldin ham bir neça önlab kişilar çökib ketgan. Xususan, 2021 yilning yozida suvda çökayotgan ikki nafar fuqaroni qutqariş çoğida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlaridan biri halok bölgandi. 2020 yilning mart oyida esa Börijar kanalidan murda topilgani haqidagi xabar tarqalgandi. Öşa yili iyul oyida Lacetti’ning kanalga qulaşi oqibatida uning haydovçisi voqea joyida vafot etgandi.
2019 yilning avgust oyida kanalning Novza köçasidan ötuvçi qismidagi piyodalar köprigi ostida ov qilayotgan mahalliy baliqçining qarmoğiga inson jasadi ilinib çiqqani şov-şuvlarga sabab bölgandi.
2017 yilning iyul oyida esa qirğoq yonidan piyoda ötayotgan fuqaro ehtiyotsizlik tufayli suvga tuşib ketadi. 50 metr suzib toliqqan odam daraxt şoxlariga ilinib qoladi. Baxtli tasodif tufayli maxsus qutqaruvçilar tomonidan uning hayoti saqlab qolinadi.
Börijarga qulagan avtobus
Kun.uz Börijar yaqinida yaşovçi katta yoşli insonlar bilan suhbatlaşib, 1973 yil qiş faslida sodir bölgan dahşatli fojia haqida ma’lumot töpladi.
1973 yil yanvar oyining izğirinli kunlaridan biri, tonggi soat 6:00 larda Beşyoğoç – Göşt kombinati yönalişi böyiça qatnaydigan «Laz» rusumidagi avtobus Börijar kanali yoqalab borayotib, sirpançiq sabab boşqaruvni yöqotadi va qariyb 30 metr balandlikka ega tik qoyadan kanalga qulaydi. Hodisa vaqtida faqat avtobus haydovçisi tirik qoladi – u özi tomondagi eşikdan pastga sakraşga ulguradi. Avtobusda qolgan barça (suhbatdoş ularning 60 nafardan oşiq bölganini taxmin qiladi) hodisa joyida halok böladi.













