Eron Isroil yönalişida önlab dronlar uçirib, hujum boşladi. Bu haqda Axios muxbiri Barak Ravid isroillik va amerikalik mulozimlarga tayanib xabar tarqatdi.

Hujum boşlangani haqidagi ma’lumotni brifingda Isroil mudofaa armiyasi spikeri Daniel Xagari ham tasdiqlagan. Uning sözlariga köra, dronlar Isroilga yetib kelişi uçun bir neça soat vaqt ketadi. 

U harbiylar tayyorlangan javob rejasini amalga oşirib, bir qator hududlarda GPS’ni öçirganini ma’lum qilgan.

Fars xabariga köra, Eron dronlari Iroq havo hududida harakatlanib, Suriya va Iordaniya tomon yaqinlaşmoqda. KAN harbiylar orasidagi manbalariga tayanib, dronlar Isroilga mahalliy vaqt bilan 2:30 atrofida (Toşkent vaqti bilan soat 4:30) yetib borişini xabar qilgan.

Politico isroillik va amerikalik rasmiylarga tayanib, Eron Isroil böylab dronlardan taşqari raketalar ham uçirişi mumkinligini xabar qilmoqda.

Netanyahuning murojaati

Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu şoşilinç murojaat bilan çiqib, Isroil Eron tomonidan töğridan töğri hujumga va unga javob qaytarişga tayyorligini ma’lum qildi.

«Sönggi yillarda, ayniqsa sönggi haftalarda Isroil Eron tomonidan ehtimoliy hujumga tayyorgarlik körmoqda. Havo hujumidan mudofaa tizimlarimiz saflangan, biz himoyalanişda ham, hujum qilişda ham har qanday ssenariyga tayyormiz. Isroil kuçli, Isroil mudofaa armiyasi kuçli, jamiyat mahkam. Bizga kim ozor yetkazsa, biz ham unga ozor yetkazamiz. Biz özimizni har qanday tahdiddan himoya qilamiz hamda buni sovuqqonlik va qat’iyat bilan qilamiz, — degan Netanyahu.

U Isroil AQŞ, Buyuk Britaniya, Fransiya va boşqa mamlakatlarning yordamini qadrlaşini qöşimça qilgan.

  • 1 aprel kuni Isroil aviatsiyasi Eronning Damaşqdagi konsulligiga zarba bergandi. Hujum oqibatida Islom inqilobi muhofizlari korpusi a’zolari, jumladan «Al-Quds» bölinmasi qömondoni general Muhammad Rizo Zohidiy va uning örinbosari, general Muhammad Hodi Hoji Rahimiy halok bölgandi. Şundan keyin Eron oliy rahnamosi oyatulloh Ali Xominaiy «sionist rejimi jazolanişi»ni aytgandi.
  • 11 aprel kuni AQŞ prezidenti Jo Bayden Eron Isroilga zarba berişi mumkinligidan ogohlantirdi. AQŞ razvedkasi hisobotlarida Eronning Isroilga hujumi muqarrarligi aytilgan. The Wall Street Journal gazetasi yozişiça, AQŞ mintaqa mamlakatlaridan Eronni vaziyatni keskinlaştirmaslikka undaşni söragan. Şundan keyin Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar va Iroq taşqi işlar vazirlari telefon orqali Eron TIV rahbari bilan gaplaşib, mintaqadagi vaziyatni muhokama qilişgan.