Eron 300 dan ortiq kamikadze dronlar, qanotli va ballistik raketalar bilan «yopirilma» zarba yölladi, deya ma’lum qildi Isroil mudofaa armiyasi rasmiysi, kontr-admiral Daniel Hagari. Uning ma’lumotiga köra, Eron jami 170 dron, 30 ta qanotli raketalar va 120 ta ballistik raketalar uçirgan.
Isroil mudofaa tizimi hamda uning mintaqadagi ittifoqçilari raketa va pilotsiz uçar qurilmalarning mutlaq köpçilik qismini töxtatib qolgan. Uning sözlariga köra, önlab havo nişonlari Isroil hududiga kirmasdan tutib qolingan.
Hagari Eron raketalari parçalari tuşişi oqibatida Isroil harbiy obektlaridan biriga zarar yetganini ma’lum qilgan. U qanday obekt haqida gap borayotganiga aniqlik kiritmagan. Isroil naşrlari ma’lumotiga köra, mamlakat janubidagi Negev sahrosidagi harbiy aviabaza hujumga uçragan bölişi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda uşbu hududga qanotli raketalar kelib tuşişi oqibatida portlaşlar röy bergani videolari tarqalgan.
Ynet portali isroillik yuqori martabali mulozimlardan biriga tayangan holda Erondan uçirilgan dron va raketalarning 99 foiz qismi urib tuşirilgani haqida xabar tarqatgan.
Ynet suhbatdoşi Eron öz hududidan turib Isroilga ilk bor hujum qilişi faktiga e’tibor qaratib, bu «qat’iy javob qaytarilişini talab etişi va bu yaqin vaqtlar içida röy berişi»ni bildirgan.
Eron tomonidan pilotsiz uçar qurilmalarning bir qismi Amerika kuçlari tomonidan Isroil hududiga kirişidan oldin tutib qolingan. Sky News xabariga köra, dronlarni töxtatişda Buyuk Britaniya harbiy-havo kuçlari ham iştirok etgan. Yana önlab dronlar Iordaniya samolyotlari tomonidan urib tuşirilgan. Hujum vaqtida butun Isroil böylab havo trevogasi e’lon qilingan.
Şu bilan birga, Islom inqilobi muhofizlari korpusi «okkupatsiya qilingan hududlar»da önlab nişonlarga muvaffaqiyatli zarba berilganini ma’lum qilgan, deb xabar qiladi Eronning Tasnim agentligi.
Badaviylarning Isroil janubidagi Arad şahri yaqinida raketa parçalari tuşişi oqibatida 10 yoşli qiz yaralangan, deb xabar qilgan Isroil tez yordam xizmati (MDA).
- Eron 1 aprel kuni Damaşqdagi konsulxonasiga aviazarba berilişiga javoban 14 aprelga ötar keçasi Isroil tomon önlab dronlar va qanotli raketalar uçirdi. Öşanda zarba oqibatida Islom inqilobi muhofizlari korpusining yetti nafar a’zosi halok bölgandi.


















