Eron 14 aprelga ötar keçasi Isroilga 120 ta ballistik, 30 ta qanotli raketalar, şuningdek 170 dan ortiq dronlar qöllagan holda hujum uyuştirgan, deb xabar berdi Isroil mudofaa armiyasi rasmiysi Daniel Hagari. Uning sözlariga köra, Isroil havo hujumidan mudofaa tizimlari boşqa mamlakatlar, jumladan AQŞ va Iordaniya yordamida havodagi nişonlarning qariyb 99 foiz qismini töxtatib qolgan. Hagarining tasdiqlaşiça, Eron uçirgan 30 dan ortiq qanotli raketalardan 25 tasi Isroil hududiga kirişidan oldin urib tuşirilgan, dronlardan heç biri Isroil hududigaça yetib kela olmagan. TsAHAL vakilining sözlariga köra, 120 dan ortiq ballistik raketalardan «atigi bir neçtasi» Isroail hududiga yetib kelgan, u mamlakat havo çegarasini buzib ötgan bunday raketalar soniga aniqlik kiritmagan.
Hujum beş soatdan ortiqroq vaqt davom etgan. Eron hujumi vaqtida Isroil şimoli va janubida, Iordan daryosining Ğarbiy sohili ğarbida hamda Iordaniya bilan çegara yaqinidagi Negev sahrosini öz içiga oluvçi Ölik dengiz hududida havo trevogalari yangrab turgan. Isroil mudofaa armiyasi Suriya va Liviya bilan çegara yaqinidagi Jölan tepaliklari, şuningdek janubdagi Nevatim, Dimona va Eylat şaharlari aholisidan boşpanalardan çiqmaslikni talab qilgan. Dimonada Isroilning asosiy yadroviy obekti, Nevatimda — yirik aviabaza joylaşgan. Hujum vaqtida Quddusda ham portlaş ovozlari eşitildi, ijtimoiy tarmoqlarda «Temir gumbaz» havo hujumidan mudofaa tizimi Quddusning eski şahar qismidagi Ibodatxona toği hududida işlayotgani aks etgan kadrlar tarqaldi.
Eronning raketa hujumi oqibatida Negev sahrosidagi Nevatim aviabazasi biroz şikastlangan, deb xabar qilgan Daniel Hagari. «Eron bazani safdan çiqariş va bu orqali bizning havodagi salohiyatimizni kuçsizlantirişga umid qilgandi, ammo bunga erişa olmadi. Harbiy-havo kuçlari samolyotlari hujum va mudofaa amaliyotlarini bajariş uçun bazadan foydalanişda davom etmoqda», — degan Hagari.
Taxminlarga köra, 1 aprel kuni Eronning Damaşqdagi diplomatik missiyasiga hujum qilgan samolyotlar uşbu aviabazadan parvoz qilgandi, öşanda Islom inqilobi muhofizlari korpusining yetti zobiti, jumladan ikki general halok bölgandi. Eron aynan öşa hujumga javoban Isroilga hujum uyuştirdi.
Eronning deyarli barça raketalari hali uzoqdaligida, Suriya va Iordaniya hududlarida, jumladan uşbu mamlakatlar poytaxtlari Damaşq va Oman hududida urib tuşirilgan. Iordaniya öz havo kengliklarini Isroil harbiy-havo kuçlari foydalanişi uçun oçgan. Isroil mudofaa armiyasi ma’lumotiga köra, Erondan taşqari Iroq va Yaman hududidan ham raketalar uçirilgan, ammo ularning heç biri Isroil çegarasidan ötmagani aytilgan. Livan poytaxti Bayrut şahri va boşqa şaharlar aholisi osmonda raketalarni körgani va portlaşlarni eşitgani haqida xabar qilgan, bu katta ehtimol bilan raketalar va dronlar tutib olinişi vaqtida röy bergan. Qarorgohi Londonda joylaşgan «Suriya inson huquqlarini monitoring qiliş markazi» xabar qilişiça, Suriya havo hujumidan mudofaa kuçlari Isroil va ittifoqçilari Eron raketalarini tutib olişi jarayoniga tösqinlik qilişga uringan.























