Eron Isroil yönalişida önlab raketalar uçirdi. Bu haqda 13 aprel kuni keçqurun Isroil mudofaa armiyasi ma’lum qildi. TsAHAL rasmiy vakili Daniel Hagari Isroil harbiy-havo kuçlari dronlarni kuzatib borayotgani va pilotsiz uçar qurilmalar mamlakat hududiga bir neça soat içida yetib kelişi mumkinligini aytgan. «12-kanal» manbasiga tayanib xabar berişiça, dronlarni ular Isroil havo kengliklariga kirib kelişidan oldinroq urib tuşiriş rejalaştirilgan.
Ynet va Isroildagi boşqa manbalar ismi sir qoldirilgan amaldorga tayanib, Eron dronlardan taşqari qanotli raketalar ham uçirganini xabar qilgan. Ular, dronlardan farqli ölaroq, Isroil hududiga ikki soatdan kamroq vaqt içida yetib kelişi mumkin. AQŞ Milliy xavfsizlik kengaşi vakili Edrien Uotson Vaşingtonning baholariga köra, hujum «bir neça soat davom etişi»ni aytgan. CNN öz manbasiga asoslanib, jami yuzga yaqin dron uçirilganini xabar qilgan. Ayrim manbalarda esa Eron va uning ittifoqçilari jami 500 tagaça dron uçirganini taxmin qilmoqda.
Eron dronlari Isroilga yetib borguniça 7 soatdan 9 soatgaça vaqt sarflaşi mumkin. Eron 13 aprel kuni keçqurun uçirgan dronlar Isroil hududiga mahalliy vaqt bilan 14 aprel kuni soat 2:30 dan soat 5:00 ga qadar (Toşkent vaqti bilan 4:30 dan 7:00 gaça) bölgan vaqt oraliğida kirişi mumkin. Ayni vaqtda telegram-kanallarda Eron va qöşni mamlakatlar ustidan uçayotgan qanotli raketalar tasvirlari tarqalgan.
Eron davlat naşrlari hujum faktini tasdiqlagan. «Sionist rejimning Damaşqdagi Eron elçixonasi konsullik bölimiga hujumiga javoban Islom inqilobi muhofizlari korpusi harbiy-havo kuçlari önlab pilotsiz uçar qurilmalar va raketalar yordamida sionistik rejim hududlaridagi nişonlarga zarba yölladi», — deyilgan korpusning televideniye orqali öqib eşittirilgan bayonotida.
Binyamin Netanyahu millatga murojaat qildi. U Isroil köp yillar davomida Eron tomonidan böladigan töğridan töğri hujumga tayyorgarlik körganini va hozirda barça mudofaa tizimlari saf tortgani, hukumat esa «himoyalanişda ham, hujum qilişda ham har qanday ssenariyga tayyor turgani»ni aytgan. «Isroil davlati kuçli, TsAHAL kuçli, xalqimiz kuçli», — degan u. Boş vazir mamlakatni har qanday tahdiddan «sovuqqonlik va qat’iyat» bilan himoya qilişga va’da bergan.
Hujum boşlanganidan bir neça soat ötib Eron uning «yakunlangani» haqida xabar berdi.


















