Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist, şoir va dramaturg Erkin Samandar 89 yoşida vafot etdi. Bu haqda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi xabar berdi.
Erkin Samandar 1935 yil 22 martida Xorazm viloyatining Xonqa tumani, Navxos qişloğida dunyoga kelgan. 1957 yili viloyat Pedogogika institutini, 1967 yili ÖzFA Til va adabiyot institutining aspiranturasini tamomlagan.
U mehnat faoliyati davomida Xorazm viloyati radioeşittiriş qömitasi özbek eşittirişlari tahririyati muharriri sifatida (1959–1961), Özbekiston Kompartiyasi viloyat qömitasida işlagan (1963–1967; 1990). Özbekiston televideniyesi «Yoşlik» studiyasi boş muharriri (1967–1969), dasturlar direktori (1969–1975), adabiy-dramatik eşittirişlar boş muharriri (1975–1977), «Xorazm haqiqati» gazetasida bölim mudiri, boş muharrir (1961–1963; 1977–1990), boş vazir örinbosari (1990–1993) bölib xizmat qilgan.
Birinçi şe’riy töplami «Amu jilolalari» (1966 yil) nomi bilan çop qilingan. Şuningdek, uning «Dunyoning yoşligi» (1968), «Osmon töla nur» (1970), «Vafo degan gavhar» (1973), «Mening yigitlik vaqtim» (saylanma, 1979), «Qabul soatlari» (1980), «Sohildagi bolalar» (1982), «Yablonya vo dvore» (Moskva, 1982), «Bahor oqşomlari» (1984), «ŞÇedrost rassveta» (1985), «Sevgi fasllari» (1987), «Bu boğni qaysi boğ derlar» (1988), «Sevgi kitobi» (1996), «Va yana bahor» (2010, Sayyora Samandar bilan hammualliflikda), «Köngil yoşligi» (2010) kabi şe’riy töplamlari naşr etilgan. «Osmonning toş tulpori», «Oltin sandiq», «Qöşiq izlab», «Samarqandni oşiqlar qurgan» kabi dostonlari, 100 dan ortiq qöşiqlar muallifidir.
Erkin Samandar tarixiy mavzuda yaratilgan «Daryosini yöqotgan qirğoq» (roman, 1989), «Tangri quduği» (roman, birinçi kitob 1989), «Quduq tubidan sadolar» (roman, ikkinçi kitob, 1989), «Pahlavon Mahmud Puryoyvaliy» (2000), «Sulton Jaloliddin» (roman, 2007), «Quyun yuzlari yoxud Ogahiy» (roman, 2009), «Ğayb quşlari» (roman, qissa va hikoyalar, 2011) kabi kitoblar muallifi.
Dramaturg sifatida «Javohir» (musiqali drama, 1984), «Ajdodlar qiliçi» (tarixiy drama, 1986), «Jaloliddin Manguberdi» («Yot hujra», pesa, 1988), «Başorat» (musiqali drama, 1988), «Arabmuhammad» (tarixiy drama, 1992), «Dilda borim» (musiqali komediya, 2012) kabi sahna asarlarini yozgan. «Avaz Ötar», «Madraim Şeroziy», «Ming otlilar diyori», «Ogahiy qölini olgan rais», «Xiva», «Qum sayli» kabi hujjatli-publitsistik filmlar yaratgan, köplab esselar yozgan.
Xorazm viloyat musiqali drama teatrida sahnalaştirilgan «Dilda borim» (2012) va «Jaloliddin Manguberdi» (2019) spektakllari sahnalaştirilgan.

















