Eron Isroil «tuzoği»ga ilindimi - Yaqin Şarqdagi sönggi voqealarga ekspertlar nima deydi?
|02:40 / 15.04.202479 10213 min
Eronning Isroilga kutilgan va kutilmagan zarbalari fonida mintaqa siyosati keskin özgarişi mumkin. Mojaroda AQŞ, Rossiya, Xitoy kabi qudratli davlatlar, şuningdek arab davlatlarining pozitsiyalari ham muhim. Höş endi Isroil Eronga yangi zarba beradimi?
Kun.uz mavzuning muhim nuqtalarini siyosiy tahlilçilar Kamoliddin Rabbimov va Şavkat Ikromovlar bilan tahlil qildi.
— Eronning Isroilga javobi mintaqada qanday yangi vaziyatni hosil qildi, ziddiyatlar qaysi bosqiçga kötarildi?
Şavkat Ikromov: — Eronning hujumini keng kölamli, katta talafot yetkazuvçi sifatida baholab bölmaydi. Ekspertlar buni Eronning dron paradi deb ham atadi. Çunki Eron hujumdan oldin köp ogohlantiriş, signallar berdi va Isroil mudofaaga ulgurdi. Eron zarbalari harbiy va hukumat obektlariga yöllandi. Eron hujumdan keyin BMTda bayonot berib, «bizning Isroil böyiça işimiz yakunlandi», dedi. Agar Isroil javob zarbasi qaytarmasa, bu mojaro şu nuqtada töxtaydi va Yaqin Şarqdagi vaziyatga katta ta’sir körsatmaydi.
Eronning boşqa yöli yöq edi. Uning Yaqin Şarqda bir qança hamkor taşkilotlari bor, HAMAS, «Hizbulloh», husiyçilar kabi. Mana şu kuçlar Eronning javobini kutayotgandi. Agar Eron javob zarbasi bermasa, hamkorlari orasidagi obrösiga putur yetardi. 2020 yilda Qosim Sulaymoniyga uyuştirilgan suiqasdga ham munosib javob qaytarilmagandi. Bu safar ham bir neça harbiy va elçixona xodimlari yöqotildi va javob qaytarmaslikning iloji yöq edi.
Aslida, Eron uruş qiladigan vaziyatda emas. Ğazodagi uruş boşlangandan beri Eron Isroil tomonidan turli yöllar bilan uruşga jalb qilinyapti, lekin Eron hukumati maksimal darajada bu uruşdan özini tortayotgan edi. 1 apreldan 12 aprelgaça ham hujum qilmasdan muammoni hal qilişga urindi, lekin baribir hamkorlariga zaif bölib körinmaslik uçun bu işni amalga oşirdi.
Eron «Hizbulloh» yoki husiyçilar orqali bu işni qilişi, Isroilning boşqa yerdagi obektlariga zarba berişi mumkin edi, lekin bevosita özi Isroilga hujum qildi. Xalqaro ekspertlar Eron şunday qilişga majbur edi, lekin içki muammolarga ham yöl oçilişi mumkin, deydi.
— Xalqaro huquq nuqtayi nazaridan bu hujum qanday baholanadi?
Şavkat Ikromov: — Haqli edi Eron, AQŞ ham şunday degandi. Lekin baribir Eron bunday tavakkal qilmagani ma’qul edi. Bu narsa Isroilning Eronni Ğazodagi vaziyatga tortiş rejasi qaysidir ma’noda amalga oşganini ham körsatadi.
Mavzuga oid
— Nega nisbatan uzoq vaqt uçadigan dronlardan foydalanildi, tezkor raketalardan emas?
Kamoliddin Rabbimov: — Eronning hujumi qörqitiş sifatida böldi, real zarba beriş emas. Eronda rostdan ham tezkor raketalar bor edi, lekin işlatilmadi. Isroil Eron konsulligiga hujum qilib konflikt darajasini oşirdi, agar Eron javob bermaganda, uning mintaqadagi obrösiga putur yetardi. Eron Isroilga kuçli zarba bermoqçi bölganda «Hizbulloh»dan foydalanar edi, agar ommaviy hujum bölganda «Temir gumbaz» tizimi ham ximoya qilolmasligi mumkin edi.
HAMASdan köra «Hizbulloh»ning salohiyati kamida uç barobar katta. Eron ham tarixda birinçi marta özi bevosita hujum qilib, mojaro darajasini oşirdi. 1979 yilgi inqilobdan keyin bunday bölmagandi hali.
Köpçilik Eron sovuqqonlik qiladi, deb öylagandi. Ma’lumotlarga köra, zarba natijasida heç kim ölmagan, talafot ham katta emas, şunçaki qörqitiş signali böldi bu. Isroil yana javob berişini aytgan, lekin ma’lumotlarga köra, AQŞ Isroil şunday qilsa, uni himoya qilmasligini ham bildirgan. 7 oktyabrdan keyingi voqealar fonida Isroil yakkalangan, reputatsion imkoniyatlari çeklangan, içki muammolari ham bor. Ikki tomon ham içki muammolarni yeçiş uçun vaziyatdan foydalanişga urinyapti, Eronda ham içki muammolar bor, Netanyahu hukumati ham inqirozni boşdan keçiryapti. Umuman, bir tomondan eskalatsiya, lekin real katta zarba beriş kompaniyasi ham emas.
— Isroil javob berişini aytgan. Agar şunday bölsa, bu qanday körinişda böladi?
Şavkat Ikromov: — Eron zarba berişidan oldin qayerlarga zarba berilişi xaritalari ham e’lon qilindi. Lekin Isroil javobi qanday bölişi haqida umuman ma’lumotlar yöq. Isroilning uruş texnologiyasiga qaraydigan bölsak, u hukumat va harbiy obektlaridan taşqari fuqarolar yaşaydigan joylarga ham hujum qilişi mumkin. Erondagi yadro quroli yasaladigan, saqlanadigan joylarga hujum qilinişi ham mumkin, Eronning özi ham öşa yerdagi aholiga bombadan himoya inşootlariga yaqinroq bölişni aytyapti.
Joriy vaziyatdan kelib çiqib qaralsa, Isroil Eronga hujum qilsa, yakkalanib qolişi ham mumkin. AQŞ va boşqa Ğarb davlatlari ham hujum qilmaslikka çaqiryapti Isroilni.
Agar Isroil javob bersa, Eronning ham kuçli qurol-yaroğlari bor. Agar Eron va Isroil heç qanday aralaşuvlarsiz uruş olib borsa, Eron ustunlikka erişişi mumkin. Eron katta tsivilizatsion tarixga ega, armiyasi tajribali, taşqarida urişiş tajribasi ham katta, uni qöllovçi guruhlar bor, şuning uçun bunday uruş Isroil uçun xavfli böladi.
— Agar bu mojaro katta uruş darajasiga çiqsa, AQŞ, Rossiya, Xitoy kabi katta kuç markazlarining pozitsiyasi qanday böladi?
Kamoliddin Rabbimov: — Xitoy, Rossiya va Eronni birlaştiruvçi platforma — global janub. Bu davlatlar dunyoda köp qutblilik tarafdori, AQŞ boşçiligidagi kollektiv Ğarb hokimiyati yiqilişini yoki zaiflaşuvini istaydi. Rossiya töğridan töğri bugungi dunyo tartiboti özgarişi tarafdori, Xitoy bu narsa bosqiçma-bosqiç bölişi tarafdori. Eron 1979 yilgi Islom inqilobidan keyin eng uzoq vaqt sanksiyalar ostida qolgan davlatlardan biri. Rossiya va Xitoy Eronni qöllaydi, lekin farqli ravişda. Rossiya oçiqdan oçiq yoki nisbatan yaşirin tarzda jiddiy qöllaşga harakat qiladi, lekin Xitoy ehtiyotkorlik qiladi. Eron atrofida uruş bölsa, u yerdagi siyosiy tuzum özgarişiga, zaiflaşişiga olib kelmaydimi, degan masalani qöyadi Xitoy özi uçun. Rossiya uçun dunyoda boşqa uruş öçoqlari paydo bölişi uning manfaatlariga töğri keladi, çunki Ukrainaga yordam, e’tibor pasayadi. Kreml Şimoliy va Janubiy Koreya örtasidagi, Tayvan atrofidagi, Yaqin Şarqdagi, Lotin Amerikasidagi mojarolardan manfaatdor. Umuman, öylaşimça, AQŞ Yaqin Şarqdagi yangi katta uruşga tayyor emas.
Şavkat Ikromov: — Rossiyaning Ukrainadagi uruşdagi muvaffaqiyatini ta’minlayotgan faktorlardan biri Eron dronlari, Ukraina uçun ham bu muammo bölib turibdi. Agar Eron va Isroil örtasida uruş boşlansa, Rossiyaga dron yetkaziş töxtaşi mumkin, bu jihatdan Rossiya manfaatdor emas. Fikrimça, bu uruş masalasi Eron va Rossiya örtasida ham muhokama qilinib, Eron Rossiyaga bu keng kölamli uruş bölmasligini aytgan.
Umuman, bu ehtimoliy uruşda Rossiya va Xitoy pozitsiyalari xaqida gapiriş uçun hozirgi mojaro kölami yetarli emas.
— Isroil javobi G7 davlatlari bilan muvofiqlaştiriladi, deyilgan. Bu Ğarb davlatlarining Eron zarbasi borasida pozitsiyalari bir xil emasdir, axir Eron haqli ravişda javob qaytardi, degan faktor ham bor-ku?
Kamoliddin Rabbimov: — G7'ga AQŞ, Yaponiya va bir qança YeI davlatlari kiradi. Yangi uruş öçoği bölişidan AQŞning özi manfaatdor emas. Umuman, kollektiv Ğarb Ukraina uruşi bölib turgan bir paytda yangi uruş bölişidan manfaatdor emas. Şuning uçun Isroilga nisbatan signallar böladi deb öylayman va qaysidir ma’noda Isroil buni inobatga oladi. Lekin Isroil özini yuqori texnologik imkoniyatga ega davlat sifatida körsatişi, reputatsiyasini saqlaşi ham kerak, ayni paytda uning özi ham katta uruşdan manfaatdor emas. Şuning uçun ikki tomon ham reputatsiyasini tuşurmagan holda katta uruşgaça bormaslik muvozanatini izlaydi, menimça.
— Fikrlardan kelib çiqsak, Rossiya va Xitoy Eronni real qöllamaydi, şundaymi?
Kamoliddin Rabbimov: — Buni aytiş qiyin. Hatto mintaqa davlatlarining pozitsiyasini ham aniq aytolmaymiz. Eron borasida arab davlatlari munosabati ikkiga bölinadi. Turkiya pozitsiyasi qanday böladi: sönggi yarim yilda Isroilga nisbatan nafrat kuçaydi musulmon dunyosida ham, turkiy dunyoda ham, lekin uruş boşlansa, muvozanat qanday bölişini başorat qiliş qiyin.
Xitoy bir vaqtning özida dunyoda köp qutblilik bölişini istaydi, ikkinçi tomondan mintaqadan kelayotgan energiya resurslari töxtab qolmasligini istaydi. Boşqa köplab manfaatlari ham bor.
Şavkat Ikromov: — Netanyahu biz Eron zarbalarini qaytardik va oxirigaça boramiz, dedi. Isroilning javobi töğridan töğri Eronga bölmasligi ham mumkin, ya’ni HAMASga, «Hizbulloh»ga nisbatan bölişi mumkin.
G7 davlatlari pozitsiyasiga kelsak. Hörmuz böğozi orqali neft savdosi masalasi bor. Agar uruş bölsa, katta energetik inqiroz boşlanadi, bunga ular tayyor emas, şundoq ham dunyoda energetik inqirozlar ketyapti.
Kamoliddin Rabbimov: — Tahlillarga köra, uruş bölsa, bir barrel neft narxi 200 dollarga çiqişi mumkin. Dunyo iqtisodiyoti uçun katta zarba böladi bu.
— Körfaz davlatlari pozitsiyalariga ham töxtalsak. Iordaniya Eron dronlarini urib tuşirgani ham aytildi, bu qançalik asosli?
Şavkat Ikromov: — Körfaz arab davlatlari va Misr tomonlarni vazminlikka çaqirdi, uruş kengaymasligi tarafdori. Şu bilan birga, Misr qurolli kuçlari qayta körikdan ötkazildi.
Iordaniya masalasiga kelsak. 1994 yilda Iordaniya va Isroil örtasida diplomatik aloqalar örnatilgan, şu sabab qandaydir kelişuv bölişi mumkinligini inkor qilib bölmaydi. AQŞ bilan ham yaqin munosabatda Iordaniya, şu sabab ham majbur bölgandir.
Umuman, arab davlatlari mintaqada barqarorlikdan, Ğazodagi vaziyat tinçişidan manfaatdor. Eron yoki boşqa kuçlar kirib kelişi manfaatlariga töğri kelmaydi. Oldin ham aytganimizdek, Saudiyaning katta iqtisodiy rejalari bor, BAAda ham şunday, Misrning iqtisodiy ahvoli tang. Şunday bir vaziyatda bunday uruş ularga kerak emas.
— Agar bu mojaro darajasi oşsa, Markaziy Osiyo davlatlari uçun qanday ta’sir qiladi?
Kamoliddin Rabbimov: — Markaziy Osiyo davlatlari uçun geosiyosiy va geoiqtisodiy tomonlari bor. Geosiyosiy jihatdan iloji boriça neytral qolişga harakat qiladi. Mintaqa davlatlaridagi Ğazodagi vaziyat sabab Isroilga nisbatan bölgan salbiy munosabati geosiyosiy nuqtaga çiqqani yöq. Eron bilan munosabatlar ham u qadar yaqin emas. Masalan, Turkiya mintaqamiz uçun yaqin strategik hamkor sifatida köriladi, lekin Eronga nisbatan bunday munosabat yöq.
Geoiqtisodiy tomondan mintaqamizga katta zarba böladi. Markaziy Osiyo davlatlari haligaça transport logistika nuqtayi nazaridan Rossiya monopoliyasida qolyapti, bizga keladigan temiryöllar Rossiya orqali ötadi. Qirğiziston orqali Xitoyga, Afğoniston orqali Pokistonga çiqiş loyihalari hali işga tuşgani yöq. Hozirça Rossiya koridoriga muqobil yagona yölimiz Eron orqali dengizga çiqiş, Transkaspiy koridori bilan Turkiya orqali dunyoga çiqiş bölib turibdi. Lekin bu yöllarning transport logistika sifati, kölami yetarli darajada emas.
Umuman, kelajakdagi ehtimoliy uruşlar potensiali oşib boryapti. Negaki, sovuq uruşdan keyingi AQŞning mutlaq qudratli davri özgaryapti, köp qutblilik uçun kuraşuvçilar köpaymoqda. Şu fonda AQŞning Isroil loyihasiga şubha, uni «paypaslab köriş» mintaqa davlatlarida, jumladan, Eronda ham oşib boryapti. Bugun bölmasa-da, kelajakda Isroil atrofida katta uruş böladi.
Bu uruşlarning mintaqamizga geoiqtisodiy tomondan soya solişi, Şimoliy yöl bilan boğliq monopoliyaga boğliqligimizni oşiriş ehtimoli oşadi.
Şavkat Ikromov: — Agar qaçondir Eron va Isroil örtasida uruş bölsa, Markaziy Osiyo davlatlaridagi içki milliy xavfsizlik masalasi kun tartibiga çiqişi ehtimoli paydo böladi. Ya’ni turli radikal guruhlar faollaşuvi kuzatilişi mumkin, Afğoniston uruşidan kelib çiqqan holda şunday xulosaga kelyapman. Sovet qöşinlari Afğonistonga kirganida, Markaziy Osiyodagi bir qator radikal guruhlar faollaşgan va Afğonistonga borişga intilgan.
Umuman, Suriyadagi uruşlar, Ğazodagi uruş fonida ham turli guruhlarga qöşiliş motivlari böladi, ba’zi yoşlarda musulmon davlat bölgan Eron tomonida turib urişiş niyati bölişi ehtimoli ham yöq emas. Şunday xavf ham bölişi mumkin. Bu biz uçun oğriqli masalaga aylanişi ehtimoli bor.