«Yettilik guruhi» G7 davlatlari yetakçilari Eronning Isroilga hujumini «aniq va qat’iy» qoralaydi. Bu haqda 14 aprel, yakşanba kuni bölib ötgan yiğiliş yakunlari böyiça qabul qilingan qöşma bayonotda aytilgan.
«Biz Isroil va uning xalqiga töliq birdamlik va qöllab-quvvatlaşimizni bildiramiz hamda xavfsizligiga sodiqligimizni yana bir bor tasdiqlaymiz», — deyiladi bayonotda. G7 davlatlari rahbarlari Eronni mintaqani beqarorlaştiriş çoralarini körayotganlikda aybladi va Tehron «nazorat qilib bölmaydigan mintaqaviy keskinlaşuvni keltirib çiqarişi xavfi bor» deya ta’kidlab, buning oldini oliş kerak, deb ma’lum qildi.
«Yettilik guruhi» davlatlari vaziyatni barqarorlaştiriş va keskinlaşuvning oldini oliş böyiça işlarni davom ettirişni rejalaştirmoqda. Ular Eron va «uning yordamçilari»dan hujumlarni töxtatişni talab qildi. Ular, şuningdek, Ğazo sektoridagi inqirozga barham beriş, «zudlik bilan va barqaror» öt oçişni töxtatiş va HAMAS harakati tomonidan garovga olinganlarni ozod qilişga intiliş niyatida ekanini ta’kidladi.
BMT boş kotibi: Dunyo yana bir uruşni boşidan keçira olmaydi
BMT boş kotibi Antoniu Guterriş ham Eronning Isroilga hujumini qoraladi. «Na mintaqa, na dunyo yana bir uruşni boşidan keçira olmaydi», dedi u va «bu harbiy harakatlarni zudlik bilan töxtatişga» çaqirdi. Guterrişning ta’kidlaşiça, gap Isroilga «keng kölamli hujum» haqida ketyapti.
Eronning Isroilga hujumi
14 aprelga ötar keçasi Eron Isroilga havodan katta hujum uyuştirdi. Isroil mudofaa kuçlari ma’lumotlariga köra, 170 ta dron, 120 dan ortiq ballistik raketalar va 30 dan ortiq qanotli raketalar mamlakatga hujum qilişga uringan, biroq Isroil va uning ittifoqçilari ularning 99 foizini, aksariyatini - mamlakat taşqarisida urib tuşirişga muvaffaq bölgan. Faqat bir neçta raketa Isroil hududiga yetib bordi, janubdagi aviabazaga tuşib, «kiçik zarar» keltirdi», deyiladi TsAHAL xabarida.
Erondan taşqari, Isroilga hujumlar Yaman husiyçilari, şuningdek, Iroq hududidan eronparast guruhlar tomonidan amalga oşirilgan.
10 aprel kuni Tehron Isroilga Suriya poytaxti Damaşqdagi Eron konsulligi binosiga uyuştirilgan hujum uçun javob qaytariş bilan tahdid qilgan edi. Hujum oqibatida Islom inqilobi muhofizlari korpusining yetti nafar a’zosi, jumladan, ikki general halok böldi. Şundan söng Eronning oliy yetakçisi Oyatulloh Ali Xomanaiy «sionistik rejim jazolanişini» aytdi.


















