Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Yaqin Şarqdagi vaziyat keskinlaşuvining yangi bosqiçidan çuqur xavotirda ekanini ma’lum qildi.
Özbekiston tomoni barça taraflarni bosiqlikka, harbiy harakatlarni davom ettirişdan tiyilişga hamda mojaroni eng qisqa fursatlarda siyosiy tartibga soliş uçun mumkin bölgan barça çoralarni körişga çaqiradi.
«Mazkur mintaqadagi keskinlikning avj olişi yanada jiddiy oqibatlarga va keng kölamli harbiy qarama-qarşiliklarga olib kelişi mumkin deb hisoblaymiz», deyiladi vazirlik bayonotida.
14 aprelga ötar keçasi Eron Isroil tomon önlab dron va raketalarni uçirdi. Isroil boş vaziri Benyamin Netanyaxu hujumdan söng darhol xalqqa murojaat qilib, mamlakat uzoq yillardan buyon Eron hujumiga tayyorgarlik körganini, hukumat «har qanday ssenariyga, mudofaaga ham, hujumga ham tayyorligini» ta’kidladi.
Uşbu hujum Isroil aviatsiyasi Eronning Suriya poytaxti Damaşqdagi konsulxonasiga hujumiga javoban amalga oşirilgan.


















