Bugun Özbekiston poytaxtida "Markaziy Osiyo – Körfaz arab davlatlari hamkorlik kengaşi" formatidagi taşqi işlar vazirlarining ikkinçi uçraşuvi boşlanmoqda, deb xabar beradi "Dunyo".

2022 yilning 7 sentabr kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod şahrida "Körfaz arab davlatlari hamkorlik kengaşi – Markaziy Osiyo" Strategik muloqotining birinçi vazirlar uçraşuvi bölib ötgan edi.

Format istiqbollarini 2023 yil 19 iyul kuni Saudiya Arabistonining Jidda şahrida bölib ötgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Körfaz arab davlatlari hamkorlik kengaşi yetakçilarining birinçi sammiti yakunlari tasdiqlaydi. Oliy darajadagi sammitda davlat yetakçilari özaro manfaatli hamkorlikning uzoq muddatli yönalişlarini belgilab beruvçi 2023-2027 yillarga möljallangan qöşma harakatlar rejasini tasdiqladi.

Körfaz arab davlatlari hamkorlik kengaşi 1981 yil 25 mayda taşkil etilgan mintaqaviy taşkilotdir. Unga Saudiya Arabistoni, Birlaşgan Arab Amirliklari, Kuvayt, Qatar, Ummon va Bahrayn kiradi. Uşbu davlatlar uglevodorodlar yetkazib beruvçi yetakçi mintaqa va nufuzli jahon moliya markazi hisoblanadi.

Taşkilotning asosiy maqsadi – siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik va integratsiya jarayonlarini muvofiqlaştiriş, ya’ni iqtisodiy va moliyaviy masalalar, ta’lim va madaniyat, ijtimoiy va soğliqni saqlaş, ommaviy axborot vositalari va turizm, qonunçilik va boşqaruv muammolari kabi sohalarni tartibga solişdan iborat. Kengaş, şuningdek, sanoat, qişloq xöjaligi va suv resurslarini muhofaza qiliş sohalarida ilmiy va texnologik taraqqiyotni rağbatlantiradi.