Energoresurslar tariflari qariyb 5 yildan buyon – 2019 yil avgustidan beri özgarmay kelayotgan edi. Ötgan vaqt davomida yangi tariflarni joriy etiş turli sabablar bilan ortga surib kelinayotgandi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi departament direktori Xurşid Mustafoyevning sözlariga köra, ayni paytda elektr energiyasining tannarxi qariyb 1000 sömni, tabiiy gaz tannarxi esa 2000 sömni taşkil etmoqda.

Qaror bilan, 1 maydan boşlab maişiy iste’molçilar (aholi xonadonlari) uçun quyidagiça ijtimoiy (bazaviy) me’yorlar kiritiladi:

  • elektr energiyasi – oyiga 200 kWh'gacha;
  • tabiiy gaz (mart–oktyabr oylarida) – oyiga 100 kubometrgaça;
  • tabiiy gaz (noyabr–fevral oylarida) – oyiga 500 kubometrgaça.

Geografik va iqlim şaroitlarini inobatga olgan holda, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida isitiş mavsumi respublikaning boşqa hududlaridan farqli ravişda oktyabr–fevral oylari deb belgilandi.

Ijtimoiy me’yor doirasida aholiga elektr energiyasi va tabiiy gaz imtiyozli narxlarda yetkazib beriladi.

2024 yil 1 maydan kuçga kiradigan tariflar:

Elektr energiyasi

Maişiy iste’molçilar uçun tariflar (1 kWh uçun, oyiga):

— 200 kWh'gacha – 450 söm (hozirda 295 söm);
— 201 kWh'dan 1000 kWh'gacha – 900 söm;
— 1001 kWh'dan 5000 kWh'gacha – 1350 söm;
— 5001 kWh'dan 10 000 kWh'gacha – 1575 söm;
— 10 001 kWh'dan keyin – 1800 söm.

Ovqat tayyorlaş uçun markazlaşgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan köp qavatli uy-joylar va yotoqxonalarda yaşovçi maişiy iste’molçilar belgilangan tariflarning 50 foizi miqdorida tölaşda davom etadi.