Germaniya, Belgiya va boşqa mamlakatlar taşqi işlar vazirliklari Eron elçilarini çaqirib, Tehronning Isroilga bergan zarbalarini qoralaşini ma’lum qilişdi.
«Uşbu hujum misli körilmagan eskalatsiyaning davomidir (...) Biz uni keskin qoralaymiz», dedi Belgiya Taşqi işlar vaziri Haja Labib.
Uning iltimosiga köra, Eronning Belgiyadagi elçisi çaqirilib, unga har qanday holatda ham mintaqadagi keskinlaşuvning oldini oliş kerakligi aytilgan.
Eron elçisi çaqirilganini Çexiya taşqi işlar vaziri Yan Lipavskiy ham e’lon qildi. «Bugun men Eron elçisiga qönğiroq qilişga qaror qildim. Çexiya diplomatiyasi Isroilga hujum qiliş orqali barça çegaralarni kesib ötganini Eronga ma’lum qildi», deb yozdi Lipavskiy.
Öz navbatida, Ğarb matbuoti Germaniya taşqi işlar vazirligi Eron elçisini Isroilga berilgan zarbalardan noroziligini bildiriş uçun çaqirganini xabar qildi.
14 aprel kuni Eron elçilari Britaniya, Niderlandiya va Iordaniya tomonidan ham çaqirilgan. Britaniya departamenti Eronni nafaqat hujum uçun, balki Iordaniya va Iroq havo hududini buzganlikda ham qoralaganini ma’lum qilgan.
Bundan taşqari, Fransiya taşqi işlar vaziri Stefan Sejurne 14 aprel kuni Taşqi işlar vazirligidan Eron elçisini çaqirişni söragan.
Şu bilan birga, 14 aprel kuni Eron Taşqi işlar vazirligiga Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya elçilari çaqirilgan. Ularga Eronning Isroilga javob zarbalari beriş masalasi böyiça öz davlatlarining «pozitsiyasi mas’uliyatsiz» ekani ma’lum qilingan.
14 aprelga ötar keçasi Eron Isroilga qarşi köplab raketa va dronlar bilan zarba berdi. Isroil Mudofaa kuçlari xabariga köra, Eron tomonidan Isroilga bir keçada uçirilgan 300 ga yaqin havo nişonlarining qariyb 99 foizi Isroil havo mudofaasi tomonidan urib tuşirilgan.


















