Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu Isroil mudofaa kuçlaridan Isroilning Eron yirik havo hujumiga javob qaytarişi mumkin bölgan nişonlari röyxatini tayyorlaşni söradi. Bu haqda The Washington Post gazetasi 15 aprel, duşanba kuni uşbu mavzu muhokamasi bilan eng yuqori darajada taniş bölgan ismi oşkor etilmagan amaldorga tayanib yozdi.
Suhbatdoş sözlariga köra, Isroil «signal yuborişi» mumkin bölgan, ammo qurbonlar keltirmaydigan variantlarni körib çiqmoqda. Bu variantlar orasida Tehrondagi obektga ehtimoliy zarba yoki kiberhujum kiradi, dedi manba. «Hamma Isroil javob berişi kerak degan fikrga qöşiladi. Gap - qanday javob beriş, qaçon javob berişda», - deya qöşimça qildi u.
Isroil Eron hujumiga javobni AQŞ bilan muvofiqlaştiradi
Ayni paytda, Amerikaning NBC News telekanali özining isroillik manbasiga tayanib xabar berişiça, Isroil harbiy vazirlar mahkamasining bir neça soat davom etgan yiğilişida «bir qator harbiy va diplomatik variantlar» muhokama qilingan. Şu bilan birga, telekanal suhbatdoşi sözlariga köra, «har qanday javob (Eronning Isroilga hujumiga) amerikaliklar bilan kelişib olinadi».
Şu kuni, 15 aprelda Oq uyda bölib ötgan brifingda AQŞ Milliy xavfsizlik kengaşi spikeri Jon Kirbi prezident Jo Bayden ma’muriyati iqtisodiy bosimni kuçaytiriş orqali Eronni yanada xalqaro yakkalanişiga erişiş ustida işlaşda davom etayotganini aytdi. «Bu natija. Kuçli Isroil, zaif Eron, hamkorlarning yanada jipslaşgan ittifoqi», - deya xulosa qildi Kirbi.
Vazminlikka çaqiriqlar
Eron 14 aprelga ötar keçasi Isroilga 300 dan ortiq uçuvçisiz uçoq va raketalarni uçirgaç, AQŞ, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti hamda Isroilning Yevropa va Yaqin Şarq mintaqalaridagi ittifoqçilari vazminlikka çaqirdi.
«Eng töğri holat - keskinlaşuvga bormaslik, - dedi, xususan, Britaniya taşqi işlar vaziri Devid Kemeron. - Biz ularni döstlar sifatida aqlli bölişga çaqiramiz va hujum muvaffaqiyatsiz bölgani uçun Eron mağlubiyatga uçraganini tan oliş kerak».
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham fransuz radiostansiyasiga bergan intervyusida şunday fikr bildirdi: «Barçamiz ehtimoliy keskinlaşuvdan xavotirdamiz».
WP gazetasi suhbatdoşi nuqtayi nazaridan, Isroil öz sa’y-harakatlarini uzoq muddatli maqsadlarga qaratişi kerak - masalan, Eronga qarşi kuraşiş uçun yangi ittifoq yaratiş. «Bu yerda bizni çalkaştirib yuboriş mumkin emas. Eron uruşni kuçaytirdi, ammo Isroil unga qarşi mintaqaviy va global frontni kuçaytirişi kerak», dedi u.


















